So’nggi yangiliklar

00:30"Андижон" клуби Отабек Жўрақўзиевни ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  3 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0

Desham Kundedan g'azabda, Lorisning jahli chiqqan (penalti sabab emas), Mbappe FIFAga jarima to'laydi – Franciyaning Polsha ustidan g'alabasi tafsilotlari Yangiliklar

Desham Kundedan g'azabda, Lorisning jahli chiqqan (penalti sabab emas), Mbappe FIFAga jarima to'laydi – Franciyaning Polsha ustidan g'alabasi tafsilotlari

Jiru Mbappe "ushbu o'yinni yotoqqa yotqizdi" dedi.


Polsha bilan o'yindan oldin Franciya penaltilarni mashq qilmadi. Bu qaror Evro-2020dan SHveycariyadan uchralgan o'yindan keyingi seriyadagi mag'lubiyat, shuningdek Grizmanning so'nggi 8ta penaltidan 6ta, Mbappe esa 15tadan 4tasidan foydalana olmagani fonida g'alati tuyuldi. Ammo, Deshamning o'z mantig'i bor – terma jamoada 11 metrlik penaltidan deyarli barcha tepa olmadi, mashg'ulotlardagi tayyorgarlikda baribir bosimli atmosfera bo'lmaydi, shu sabab hech narsaga urinib ko'rish kerak emas.

Baribir ish penaltilar seriyasigacha etib bordi, faqatgina Franciya 3:0 hisobida oldinga borayotganda Levandovski tepdi. Loris ilk zarbani qaytardi, ammo darvoza chizig'idan chiqib ketgani sabab Valensuela qaytadan tepishni so'radi, franciyalik muxlislar esa Jiru va Mbappening gollaridan so'ng qilganlaridek shovqin qilishdi.



Robert ikkinchi imkoniyatdan gol urdi va terma jamoadagi gollar soni bo'yicha Peledan o'zib ketdi – polyakda endilikda 78ta. Ammo, terma jamoada o'yinlar soni bo'yicha (148) bo'yicha Lilian Tyuramdan o'zib ketgan Lorisning kayfiyati buzilmadi va u shanba kuni birinchi o'ringa chiqishiga shubha yo'q.

Ugo o'yindan so'ng o'tkazib yuborilgan goldan emas, birinchi taymdan kayfiyati buzilganini aytdi: "Polsha yaxshi tashkil etilgan va birinchi bo'limda bizga pressing tufayli qiyinchilik tug'dirdi.


SHu sabab dastlabki 10 daqiqada oddiy vaziyatlarda tez-tez to'pni yo'qotdik va notekis o'ynadik. Ammo, ikkinchi taymda qo'shdik va ishonchli g'alaba qildik. O'yin so'nggidagi penalti esa shunchaki kulgili".

Birinchi taymdagi eng sezilarli voqea terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lgan Jiru bo'ldi va tilla zanjirli Jyul Kunde. Himoyachi u bilan anchadan beri taqiqlangan bo'lsa ham maydon bo'ylab bemalol yugurdi va 40-daqiqaga kelibgina hakamning talabi bilan uni echdi.



Desham o'yindan so'ng g'azabini yashira olmadi: "Uning bunga huquqi yo'q edi! Uning zanjirida nima borligini bilmayman, lekin Jyul biroz shunday narsalarni yaxshi ko'radi va mashg'ulotlarda u bilan ishlaydi. U bahsdan oldin uni echaman deb o'ylagan.

Unga "omading keldi, o'sha paytda uzoqda edim" dedim".

Kundening o'zi o'yin haqida gapirishni afzal ko'rdi. Angliya – Senegal o'yini uchun mehmonxonaga shoshilayotganini, sababi futbol ko'rishni sevishini aytdi. Polshani esa francuzlarning mag'lubiyatidan keyin yaxshi hujum qilgan jamoa deb atadi: "Ammo, bizning ikkinchi golimiz ularning ishtiyoqini biroq susaytirdi".

Eng qiziqarli fikrni esa Jiru bildirdi. Uning qayd etishicha, Franciya Mbappening gollari sabab "o'yinni yotoqqa yotqizgan".



Aytgancha, Kilian Polsha bilan o'yindan so'ng ilk bor jurnalistlar bilan gaplashdi, vaholanki u ikki bor o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lganda buni qilishi kerak bo'lgan bo'lsa ham: "SHaxsiy hech narsa yo'q, shunchaki jahon chempionatiga etiborimni qaratganman va kuchimni boshqa nimagadir sarflashni xohlamadim.

Yaqinda bizning futbol federaciyamiz men ishtirok etmaganim uchun jarimaga tortilganini eshitdim. Jarimani o'z bo'ynimga olaman. Federaciya mening qarorim uchun to'lashi kerak emas", – deydi turnirning eng yaxshi to'purari.

Arkadiush Milik esa polyaklarga Mbappeni to'xtatish uchun motoroller kerak bo'lganini aytdi. O'yindan so'ng Rzeczpospolita jurnalisti Kamil Kolsut xafa holda "himoyachimiz Mettyu Keshga skuter topilmadi, u Mbappe fonida yuk poezdiga o'xshadi" dedi.

O'yindan keyin Levandovski ham xafa edi. Keyingi jahon chempionatida o'ynash yoki o'ynamasligini ishonch bilan aytmadi (Robert 38da bo'ladi) va "O'yindan rohat olish kerak. Hujum qilganimizda barchasi joyida, himoyalanganimizda esa xursandchilik yo'q" deb qo'shimcha qildi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика