Desham: “Evropada hech qaysi terma jamoa Franciyadan yaxshiroq natija ko'rsatolmadi”
18 noy 2020 21:25
Yangiliklar
Desham: “Evropada hech qaysi terma jamoa Franciyadan yaxshiroq natija ko'rsatolmadi”
Francuzlar ustozi Dide Desham terma jamoasining Millatlar Ligasidagi ishtiroki haqida gapirdi.
“Biz 18 ochkodan 16 ochkoni qo'lga kiritdik. Evropada hech qaysi jamoa bundan yaxshiroq natija ko'rsatolmadi, garchi guruhimizda jahonning vice-chempioni Xorvatiya va amaldagi Evropa chempioni Portugaliya bo'lsa ham. Barchasi mukammal bo'lmadi, maqtanmoqchi emasmiz. Biroq, men doimo vaziyatni real baholashga harakat qilaman va qilingan ishni qadrlashimiz lozim”, deydi Desham.
Eslatib o'tamiz, Franciya “A” divizioni 3-guruhida etakchiga aylanib, musobaqa yarim finaliga birinchilardan bo'lib yo'l oldi.
Fikrlar