Desham: "Daniyani hamma ham yaxshi bilmaydi, lekin ular oxirgi Evroning yarim finalida o'ynagan"
02 apr 2022 19:47
Yangiliklar
Desham: "Daniyani hamma ham yaxshi bilmaydi, lekin ular oxirgi Evroning yarim finalida o'ynagan"
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCH-2022 guruh bosqichiga qura tashlash natijalari haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Franciya Daniya, Tunis, Peru yoki Avstraliya /BAA o'yini g'olibi bilan o'ynaydi.
"Biz to'liq tahlil qilib chiqishimiz kerak. Men har doim, u yoki bu tarzda, kam baho berishdan qochishga harakat qilaman. Agar biz takabbur bo'lmasak, bu oldinga qadam tashlash bo'ladi.
Daniyani hamma ham yaxshi bilmaydi, lekin ular oxirgi Evroning yarim finalida o'ynagan va FIFA reytingida 11-o'rinni egallab turibdi. Biz Tunisni juda hurmat qilamiz va ulardan ehtiyot bo'lishga urinamiz.
Qura biz uchun yaxshimi yoki yomon keldimi, bilmayman, ammo bundan ham yomoni bo'lishi mumkin edi. Men doim xotirjamman va bu ijobiy xususiyat", – dedi franciyalik mutaxassis.
Fikrlar