Derdiyok Anqarani tark etdi
23 jan 2023 19:38
Yangiliklar
U 2021 yilning yozidan beri "Anqaragyuju" sharafini himoya qilayotgan edi. 34 yoshli futbolchi poytaxt klubi tarkibida 32 uchrashuvda maydonga chiqib, 10ta golga mualliflik qildi va anqaraliklarning Superligaga qaytishiga ulkan hissa qo'shdi.
Eslatib o'tamiz, shveycariyalik hujumchi 2020-21 yillarda Toshkentning "Paxtakor" klubi sharafini himoya qilgan edi. U "sherlar" libosida 18ta gol urishni uddalagan.
Fikrlar