Derbida Fredni irqiy kamsitgan muxlis bugun garov orqali ozodlikka chiqarildi
09 dek 2019 21:27
Yangiliklar


Derbida Fredni irqiy kamsitgan muxlis bugun garov orqali ozodlikka chiqarildi
"Manchester Yunayted"ga (1:2) qarshi o'yin vaqtida irqiy kamsituvchi belgilardan foydalangan "Manchester Siti" muxlisi ozodlikka chiqarildi.
41 yoshli fanat bugun o'z qarindoshlari tomonidan garov orqali qamoqdan olib chiqildi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 67-daqiqasida "Yunayted" futbolchisi Fred burchakdan to'pni o'yinga kiritish chog'ida "Siti" muxlislari tomonidan irqiy kamsitildi.
Televizion lavhalarda u Fredga qarata maymunning qilig'ini qilgan. "Manchester Siti" rahbariyati ushbu muhlisni stadionga bir umr kirgizmaslikka vada bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar