So’nggi yangiliklar

09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  0 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  1 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  2 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  27 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1

“Derbi” oldidan muxlislar qanday fikrda? Yangiliklar

“Derbi” oldidan muxlislar qanday fikrda?

Teglar :  NavbahorNeftchi
19 avgust kuni “Navbahor” Farg'onada “Neftchi” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Mazkur uchrashuvga jamoamiz muxlislari ham qizg'in tarzda hozirlik ko'rishmoqda desak xato bo'lmaydi. Farg'onada o'tadigan bahs oldidan faol ishqibozlardan biri Farhod Umaraliev va Muxtor Yusufbaevlar o'z fikrlarini bildirishdi.

F.Umaraliev: - “Farg'onada bizni ajoyib uchrashuv kutib turibdi. “Navbahor” mehmonda to'p surishiga qaramay futbolchilarimizni “Istiqlol” o'yingohida yolg'izlatib qo'yish niyatimiz yo'q. Bugungi kunda minglab namanganliklar Farg'onadagi uchrashuvni bevosida o'yingohda ko'rishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yishgan. Barchaga malumki, biz muxlislar “Navbahor”ni har tomonlama qo'llashga odatlanganmiz. Ikkinchi davrani qatorasiga ikki g'alaba bilan boshlagan jamoamizga “Neftchi” bilan o'tadigan uchrashuvda ham omad tilab qolaman. O'z navbatida futbolchilarni mehmondagi o'yinda munosib tarzda to'p surishlari uchun qo'limizdan kelganicha qo'llab-quvvatlaymiz. Aynan shu maqsadda turli xil usulllar va shiorlarni o'ylab topgan holda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Bu borada yaqinda tashkil etilgan muxlislar klubi sardorlari ishqibozlarga yaqindan yordam berishadi”.

M.Yusufbaev: - “Biz namanganlik muxlislarni “Navbahor” ikkinchi davraning dastlabki ikki uchrashuvida g'alaba qozonib, benixoya xursand qildi. G'alabalarimizni bardavom bo'lishida, ishqibozlarimiz jamoaga chin manoda qo'shimcha kuch bo'la olishadi. Bejizga muxlislarni maydondagi 12-o'yinchi deb aytishmaydi. Farg'onada o'tadigan bahsda ham “Navbahor”ning chin manodagi 12-o'yinchisi bo'lamiz degan umiddaman. Bu yo'lda barcha “Navbahor” muxlislarini birlashishga va jamoani hamjihatlikda qo'llab-quvvatlashga chaqiraman. Hamma biladiki, “derbi”lar doimo murosasiz ruhda o'tib kelgan. O'z navbatida bunday qarama-qarshiliklarda muxlislarning qo'llashi ham futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Minglab, namanganlik muxlislar “Navbahor”ni “Neftchi” maydonida qo'llash uchun Farg'onaga borishadi. Ishonchim komilki, futbolchilarimiz biz muxlislarning xatti-harakatiga javoban chiroyli va mazmunli o'yin namoyish etib, barchani xursand qilishadi”.


 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика