Depay APLga qaytishi mumkin

18 may 2019, 08:55
Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi yozgi transferlar vaqtida “Lion”ni tark etishga umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, Depayning xizmatlariga “Liverpul” qiziqish bildirmoqda. Eslatib o'tish joiz, futbolchi uchun APL begona emas, u avvalroq “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgandi. Ammo o'yini chiqmagach, Depay “Lion”ga sotib yuborilgandi.

U joriy mavsum Liga 1’da 34 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24