Denni Rouz: “APL futbolchilari qandaydir laboratoriya sichqonlari emas”
20 may 2020 08:20
Yangiliklar


Denni Rouz: “APL futbolchilari qandaydir laboratoriya sichqonlari emas”
Transfer huquqi “Tottenxem”ga tegishli, ayni damda “Nyukasl”ga ijara asosida harakat qilayotgan himoyachi APLning qaytishiga qarshi.
“Bazilar tezroq futbolga qaytishni xohlamoqda. Xuddiki, ular bizni dengiz cho'chqachalari va laboratoriya sichqonlari kabi qabul qilmoqda. Bu shunchaki yoqimsiz holat. Iltimos, bu tajribalaringizni boshqalarda qo'llab ko'ring. Bu kabi ritorik savollarning o'ziyoq odamni qattiq azoblamoqda”, — deydi Denni Rouz.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Uotford” sardori Troy Dini oilasini xavf ostiga qo'ymaslik uchun mashg'ulotlarga qaytmasligini aytgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar