Denni Drinkuoter "CHelsi"ga qarshi o'ynashga tayyor
14 okt 2016 11:17
Yangiliklar
Denni Drinkuoter "CHelsi"ga qarshi o'ynashga tayyor
"Lester" yarim himoyachisi Denni Drinkuoter jarohatdan keyin tiklandi va APL 8-turida "CHelsi"ga qarshi o'yinga tayyor.
Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi. Eslatib o'tamiz, Drinkuoter jarohat sabab Angliya terma jamoasining JCH-2018 saralashi doirasidagi Malta (2:0) va Sloveniya (0:0)ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. "Lester" bosh murabbiyi Klaudio Raneri futbolchining tayyorgarligi borasida juda ham ehtiyotkor bo'lish lozimligini qayd etib o'tdi. Lekin, futbolchi katta ehtimol bilan "CHelsi"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritiladi.
Fikrlar