So’nggi yangiliklar

10:48Интервью. Сергей Чигодаев: "Абдуқодир балки ўзимизда қолганида ҳозирги даражага чиқмасди"  0 10:32Неймар четлатилди  1 10:00«Ал Аҳли» ТОП мураббий билан келишувга эришди  1 09:27Терма жамоамизнинг икки нафар собиқ футболчиси «Локомотив» йиғинига қўшилди  1 08:55«Арсенал» қишда 100 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёргарлик кўрмоқда  1 08:24«Насаф»га украиналик легионер келмоқда  5 08:06Футзал бўйича Осиё Кубоги саралаш босқичи. Бугун асосий рақибимизга қарши баҳс олиб борамиз  1 07:37Бугун U-20 терма жамоамиз Сурияга қарши баҳс олиб боради  1 07:00Испания Кубоги. "Реал" қўшимча бўлимларда ғалабага эришди, Эндрикдан дубл  43 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" аутсайдерни қийинчилик билан мағлуб қилди, Амад Диаллодан хет-трик!  22 01:50Альфонсо Дэвис "Бавария" таклифига кўнмаяпти  5 01:23РФИ фахрий президенти: "Ўзбекистон, Беларусда ўйнаганида бизнинг селекционерлар қаерда эди? Кўзи кўрлар"  36 01:01Абдуқодир Ҳусанов Манчестерга етиб борди  16 00:30HERE WE GO: Омар Мармуш - "Манчестер Сити" футболчиси!  9 00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0

Denisov termamizga ishonadi Yangiliklar

Denisov termamizga ishonadi

O'tgan yoz Moskvaning Lokomotiv jamoasida katta o'zgarishlar ro'y berdi: klub prezidenti Olga Smorodskayaning o'rnini Ilya Gerkus egallagan bo'lsa, Igor CHerevchenko bosh murabbiylik kursisini tajribali mutaxassis Yuriy Syominga bo'shatdi.

Rossiyalik hamkasblarimiz temiryo'lchilar etakchilaridan biri, hamyurtimiz Vitaliy Denisov bilan suhbat uyushtirib, istedodli himoyachidan yangilanishlarga munosabati, qiziqishlari hamda O'zbekiston termasining JCH-2018ga chiqish imkoniyatlari haqidagi savollarga javob olishdi.

- Asosiy tanqidchingiz - otangizmi?


- Yo'q, u faqat bir marta - bolaligimda urishgan, xolos. O'shanda o'yin payti qoidabuzarlik sodir bo'lgach, raqibim menga qo'lini uzatgan, ammo unga ters javob qaytargandim. Aynan shuning uchun dakki eshitganman. Asosiy tanqidchim sifatida volidamni ko'rsatishim mumkin. Otam band bo'lganida aynan onam meni mashg'ulotlarga olib borardi. Hozir ham o'z maslahatlarini ayamaydi - turli vaziyatlarda qanday o'ynashim kerakligini uqtiradi. Imkon tug'ilishi hamono o'yinlarimni kuzatish uchun stadionga tashrif buyuradi.

- Faoliyatingizni yarim himoyachi sifatida boshlagansiz. Mudofaa chizig'iga qanday o'tib qolgansiz?


- Akademikada o'ynaganimda bosh murabbiy Spartakka qarshi bahsda shunday qilish kerakligini aytgandi. Jamoa ustozining so'zi - qonun. Demak, uning aytganini bajarishim shart edi.

- Ilk maoshingizni nimaga sarf­laganingiz yodingizdami?


- Ha. Nijniy Novgorodda yaxshigina mukofot puli olgandik. Mablag'ning asosiy qismini ota-onamga jo'natib, qolganiga yangi shim sotib olgandim (kuladi).

- O'z o'yiningizdagi kuchli va kuchsiz jihatlarni alohida ajratib ko'rsata olasizmi?


- Bunga murabbiylar baho berishadi. Men esa, mashg'ulotlar va o'yin payti maksimal natijaga erishish uchun mehnat qilishdan to'xtamaslikka intilaman.

- Qaysi futbolchilarga qarshi o'ynash qiyinroq?


- Ukrainada braziliyalik Duglas Kosta va Villianni eslab qolganman - texnikasi juda yuqori o'yinchilar. Rossiyada esa - Xalk. Baquvvat, jahon darajasidagi futbolchi. Hozir RFPLda to'p suradiganlar orasida esa eng noqulay raqib sifatida Timofey Kalachyovni ko'rsatishim mumkin.

- Transfermarkt.de tomonidan belgilangan ro'yxatda transfer narxingiz qanchaligini bilasizmi?


- Esimda, 5 million atrofida edi.

- Hozir esa 6 millionga oshganini aytishmoqda.


- Demak, o'sish bor (kuladi).

- Yozda klub rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi. Olga Smorodskaya bilan ishlash yaxshimidi yoki...?


- Rahbariyatni muhokama qilmayman. SHunchaki, Smorodskaya atrofidagilarning qo'llab-quvvatlashiga erisholmadi, uni havaskorlik va futbolni tushunmaslikda ayblashdi. Aslida esa, bunday emasdi. Olga Yurevnaning jamoa ravnaqi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilganiga ishonchim komil. SHaxsan menga berilgan vada 100 foiz bajarilgan.

- Yuriy Syomin haqidagi fikringiz...


- Hozir Lokomotiv murakkab vaziyatda - klubimiz ochko to'plashda qi­yinchiliklarga duch kelmoqda, murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. Syomin - yuqori darajali professional. Ammo jamoa ustozining ishi, taktik sxemalar va shunga o'xshash jihatlarga batafsil to'xtalmoqchi emasman, buning uchun biroz vaqt kerak. Axir yangi bosh murabbiyimiz mavsumoldi tayyorgarliklar chog'i biz bilan birga emasdi.

- Bahs oldidan o'zingizni o'yinga qanday tayyorlaysiz?


- Odatda, qo'shiq tinglayman.

- Turli mamlakatlarda bo'lgansiz, ulardan qaysi biri sizda yorqin taassurot uyg'otgan?


- Avstraliya. U erdagilarning munosabati hayron qoldirgan. 2015 yilgi Osiyo kubogi payti bir voqea ro'y bergandi: milliy jamoamizdagi yigitlar bilan ko'chada turgandik, hammamiz mashg'ulot kiyimida edik. SHu payt ro'paramizda qoshi chimirilgan regbichilar paydo bo'lishdi. O'shanda tortishuv kelib chiqsa kerak, deb o'ylagandim. Yo'q, ular yonimizga kelib, turnirda bizga omad tilashdi. Ushbu mamlakatda hamisha do'stona munosabatni his qilasiz.

- O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashining hal qiluvchi bosqichida ikkita o'yin o'tkazib, 100 foizlik natija qayd etdi...


- SHunday, har ikki uchrashuvda kichik hisobda zafar quchdik. Ayniqsa, Qatar termasiga qarshi kechgan bahsda 84-daqiqaga kelibgina gol urdik. Hozir guruhda peshqadamlik qilyapmiz. Mundialga guruhdan faqat ikkita jamoa chiqadi. O'zbekiston milliy jamoasi o'shalar qatorida bo'lishiga umid qilaman.

- Rossiyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga chiqish - orzungizmi?


- Ha, albatta! Hozirgi tarkib bilan bu orzuni amalga oshirishimizga ishonaman.


Izvestiya, O'.UMAROV tayyorladi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика