Denis Korostitchenko Server Jeparovning "Lokomotiv"ni tark etishiga munosabat bildirdi
19 okt 2022 11:51
Yangiliklar
Denis Korostitchenko Server Jeparovning "Lokomotiv"ni tark etishiga munosabat bildirdi
"Lokomotiv" sobiq bosh murabbiyi Denis Korostitchenko Championat.Asia nashriga Server Jeparovning Toshkent klubidan chetlatilgani haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu vaziyatda hammasi juda qiyin kechadi. Kimnidir ayblashga haqqim yo'q. Kelishilgan o'yinlar borasida gap-so'zlar tarqalganidan keyin jamoamiz qiyin ahvolga tushib qoldi. Boshqa muammolar ham bor edi. Bularning barchasi o'yinchilarning kayfiyatiga tasir qiladi. O'zbekiston Kubogidan chiqib ketish esa jamoaga ruhiy zarba bo'ldi. Hozirgi paytda atmosfera yaxshi emas.
Men yigitlardan juda xavotirdaman. Endilikda ishlar juda yomon. Buni aytish men uchun qiyin, ammo “Lokomotiv”ga Superligadagi o'rnini saqlab qolish oson bo'lmaydi. Mavsum boshida qaysi o'rinlar uchun kurashishni rejalashtirganimiz haqida aytganlarimni hisobga olsak, vaziyat juda tez o'zgardi", – dedi Korostichenko.
Fikrlar