So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  25 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  4 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 21:15Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  30 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  69 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  5 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0

Denis Korostichenko: "Maxaradze legioner bo'lsa-da, o'zbek futboli afsonasi" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Maxaradze legioner bo'lsa-da, o'zbek futboli afsonasi"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Lokomotiv" (0:3) uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Denis Korostichenko fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Barcha "Lokomotiv" muxlislarini va jamoamiz vakillarini g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o'ynadik. "Olimpik"ni yaxshi bilgan holda ularga qarshi o'ynash oson emasligini ayta olaman. Biz Timur Kapadze qo'l ostidagi jamoaga qarshi o'ynash qiyinligini inobatga olib, taktik uslubimizni o'zgartirdik. Qarshi hujumda o'ynashga qaror qildik. Agar biz pressing bilan o'ynasak, katta qiyinchilikka uchrashimizni bilardik. CHunki ular himoyadan hujumga juda tez o'tishadi.

- Timur Kapadze bilan "Lokomotiv" yoshlar jamoasida birga ishlagansiz. Siz qaysidir manoda ustozingizni mag'lub etdingiz. Qanday hissiyotlarni boshdan kechiryapsiz?

- Ha, Timur Toxirovich bilan birga ishlaganmiz. Oldin ham aytganimdek, u kishi tufayli "Lokomotiv"daman. Kapadzedan ko'p narsa o'rganganman. U hamisha og'ir damlarda meni qo'llab-quvvatlagan, buni hech qachon unutmayman va rahmat aytaman. Undan hamisha nimalarnidir o'rganib boraman.

- Alisher Salimov va G'ulom Haydar G'ulomovning holati haqida nima deya olasiz?

- Alisher Salimov mashg'ulotlarga kirishgan, biroq hali umumiy guruhga qo'shilmagan. Balki 1 haftadan keyin asosiy tarkibga qo'shiladi. G'ulom Haydar G'ulomovning jarohati xususida batafsil bugun bilib olamiz. Uni o'tgan yilgi jarohati bezovta qilyapti. 

- Sanjar Qodirqulovni o'ng qanot himoyasida o'ynatish fikri kimdan chiqdi?

- O'tgan yili 1-2 o'yinda shu poziciyada o'ynagan. SHunaqa bo'lib qoldi. Jumaboevda kichik jarohat borligi uchun shu Qodirqulovni o'ng qanotda o'ynatish qaroriga keldik. 

- "Lokomotiv" jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Akmal SHorahmedov siz bilan baravar ko'rsatma berib bordi. Ayrim epizodlarda bir vaqtning o'zida turlicha ko'rsatmalar berdingiz. Bu nima bilan bog'liq? Murabbiylar fikri ikki xilmi?

- Yo'q, bizda ikki xil ko'rsatma bo'lmadi. SHunchaki zaxira o'rindig'idagi hamma murabbiylar yigitlarga yordam berishni xohlaymiz. SHu bois ayrim vaqtlarda shunaqa bo'lib qolishi ham mumkin. 

- Asilbek Amonov ikki yildan beri hali maydonga tushgani yo'q. U qachon maydonga tushishi mumkin?

- Asilbek Amonov yaxshi, tajribali posbon. U o'ynamagan paytida ozroq formadan chiqib qolgan. Tajribali darvozabon tarkibimizda bo'lgani yaxshi. CHunki mashg'ulotlarda ham raqobat bo'ladi.

- Jamoa BMB Trade Group kompaniyasi bilan shartnoma imzolagach, siz rahbariyatdan transferlar bo'yicha qandaydir vadalar olmadingizmi?

- Yo'q, hozircha rahbariyat bilan bu masalada gaplashmadik. Nasib qilsa, balki qandaydir legionerlarni jalb qilish imkoniyatimiz bo'lar. 1-2 o'yinchi jalb qilsak, chakki bo'lmasdi.

- Kaxi Maxaradzening bugungi o'yiniga qanday baho berasiz?

- Men "Lokomotiv"ga kelgunimga qadar uning o'yinlarini kuzatib borganman. U legioner bo'lsa-da, o'zbek futboli afsonasi, sardor, etakchi. Kaxi hozir ham almashtirib bo'lmas o'yinchi desak bo'laveradi. U haqiqiy sardor qanday o'ynashi kerakligini ko'rsatib qo'ydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика