So’nggi yangiliklar

13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  5 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  4 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  23 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4

Denis Ivankovning Polshaga safari taassurotlari Yangiliklar

Denis Ivankovning Polshaga safari taassurotlari

Teglar :  Denis IvankovNasaf
Denis Ivankov – "Nasaf" futbol klubining darvozabonlar murabbiyi. O'zbekistonda taniqli mutaxassis.

Denis Ivankov rasmiy taklif bilan 1-6 iyul kunlari Polsha Respublikasida bo'ldi. Murabbiy Polshaning Barvice shahridagi "GOALKEEPER" nomli darvozabonlar maktabining prezidenti, janob Sergey SHipovskiyning taklifiga ko'ra, yosh darvozabonlar o'quv-yig'inida murabbiy-yo'riqchi (murabbiy-instruktor) sifatida ishtirok etdi va mahorat darslarini o'tkazdi. Yig'inda 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan darvozabonlar ishtirok etishdi.

Polshaning Barvice shahridagi "GOALKEEPER" darvozabonlar maktabi evropada darvozabonlarni tayyorlaydigan eng yaxshi akademiya hisoblanadi.

O'quv-yig'inni Angliyaning "Manchester Siti" klubi darvozabonlar bo'yicha katta selekcioneri ham kuzatgan.

Yig'inda Ivankov Osiyo qitasidan yagona mutaxassis sifatida ishtirok etdi. SHunisi diqqatga sazovorki, Ivankov o'tkazgan mahorat darslari yig'in ishtirokchilarida ijobiy taasurot qoldirdi. Yig'in tashkilotchilari tomonidan Ivankov ishiga katta baho berildi va navbatdagi yig'inlarga ham oldindan taklif oldi.



"Nasaf" matbuot xizmati Ivankov bilan safar taassurotlari va qisman klubdagi faoliyati haqidagi suhbatni chop etdi.

- Polsha safari haqida nima deyishim mumkin, yig'in juda yaxshi o'tdi. Olti kun mobaynida turli yoshdagi darvozabonlarga o'quv mashg'ulotlari o'tkazdim. Yig'inga tashrif buyurgan mutaxasislar bilan o'zaro tajriba almashdik. Mening kamtarona ishimga yig'in tashkilotchilari yuqori baho berishdi. Hattoki, yig'inni kuzatgan ota-onalar o'zlarining tashakkurlarini bildirishdi. Bunday etirofga sazovor bo'lish bari-bir yoqimli. Yana shunday yig'in tashkil etilsa, albatta taklif qilishlarini aytishdi.

Mavzu Ivankovning klubdagi faoliyati va fiklari bilan davom etdi.

- Muvaffaqiyatimning siri nimada? Kuladi. Qanday muvaffaqiyat? Men ham hamma qatori klubda qo'limdan kelgancha mehnat qilayapman. Bazan mendan hamkasblarim so'rab qolishadi, mashg'ulotlar jarayonini qaerdan olasan deb? To'g'risi, mashg'ulotlar jarayoni bo'yicha hech qaysi mutaxassisdan nusxa ko'chirmayman. Mashg'ulotlarni o'z qo'l ostimdagi darvozabonlarning holatidan kelib chiqib tashkil etaman. Ammo darvozabonlar murabbiyi sifatida, darvozabonlarni sinchkovlik bilan kuzataman. Masalan, hozir jahon chempionati davom etayapti. Men uchrashuvlarni hamma muxlislar kabi emas, balki mutaxassis sifatida tomosha qilaman. Darvozabonlar harakatiga ko'p etibor beraman. Qo'limda doimo daftar va ruchka bo'ladi. Ularning harakatida biror bir yangilik sezsam, o'zimga eslatma sifatida yozib qo'yaman. SHu sifatni qanday shakllantirish bo'yicha mashqlar tuzib chiqaman va darvozabonlarimiz bilan shuning ustida ishlayman. Umuman darvozabonlar uchun mashg'ulotlarning turi juda ko'p. Qolaversa, mashg'ulotlar turi ko'p takrorlanmasligi ham kerak. Oddiy futbolchi mashg'uloti bilan darvozabon mashg'ulotini solishtirsak, darvozabonlar mashg'uloti qiyinroq. Yaxshi darvozabon bo'lish uchun boshqalarga nisbatan ko'proq mehnat va kuch talab qiladi. Ko'rib turganingizdek, hech qanday sir yo'q.

SHogirdlarim bilan doimo yaqin bo'lishga, o'zaro munosabatimiz yaxshi bo'lishiga urinaman. Ular mening nafaqat shogirdlarim, balki ukam va farzandimdek. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. Ularning xarakterini yaxshi o'rganaman. Sog'ligi va kayfiyatidan boxabar bo'laman. Kerakli payt ularga insoniy sifatlar bo'yicha nasihatlar ham qilaman. SHogirdlarim yaxshi inson sifatida boshqalarga o'rnak bo'lsin deyman.

Yuqorida takidlaganimdek, darvozabonlar uchun ko'proq mashg'ulotlar o'tkazish talab etiladi. Ammo bu umumjamoa mashg'ulotlariga halaqit qilmasligi kerak. Bu borada bosh murabbiyimiz Ro'ziqul Sadullaevichdan juda minnatdorman. Mana olti yildan buyon birga ishlayapmiz. Bir birimizni yaxshi tushunamiz va bir-birimizga ishonamiz. Bo'lajak o'yinga darvozabon tanlashni ham o'zaro hal qilamiz.



- Darvozabonlarni tayyorlashda yana nimalarga etibor berish kerak?

- Bu borada ko'p gapirish mumkin. Bir jihat haqida to'xtalaman, biz darvozabonlarni tayyorlashda, nafaqat to'pni qo'l bilan ishlashiga, balki oyoq bilan ishlashiga ham etibor berishimiz kerak. Bu aksariyat darvozabonlardagi kamchilik. Masalan, to'pni oyoq bilan o'yinga aniq kiritish.

- Denis Ivankov "Nasaf"da yana qancha ishlashi mumkin?

- Men klubga qancha kerak bo'lsam, shuncha vaqt!

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика