Dembele "Barselona"ni tark etmoqchi emas

25 fev 2020, 22:30
"France Football" xabariga ko'ra, Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Usmon Dembele "Kamp Nou"da qolmoqchi.

22 yoshli o'yinchi yanvar oyida olgan jarohati tufayli tiklanish jarayonini o'tamoqda. Ammo u tezroq safga qaytib, mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatish orqali Kike Seten jamoasining asosiy tarkibidan muqim o'rin egallamoqchi. 

Fransiyalik futbolchi rahbariyat va jamoa murabbiylariga nimalarga qodirligini isbotllay olmasa, keyingi mavsum Dembele uchun "Barselona"dagi so'ngisi bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football