Dele Alli "Beshiktosh"ga o'tishga yaqin
24 avg 2022 10:16
Yangiliklar


Dele Alli "Beshiktosh"ga o'tishga yaqin
"Everton" yarim himoyachisi Dele Alli yaqin vaqtlarda "Beshiktosh" o'yinchisiga aylanadi.
Muzokaralar yuqori bosqichda. Kelishuvga erishilishi kerak bo'lgan bir necha detallar qoldi. Xarid qilish huquqiga ega ijara bo'lishi kutilmoqda.
Bu malumotni "Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Flitvud" (1:0)ga qarshi Angliya liga kubogi o'yinidagi g'alabadan so'ng tasdiqladi.
Dele Alli "Everton"ga "Tottenxem"dan 2022 yilning qishida o'tgan edi. U "ko'klar" safida 13ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
12:17
"Tottenxem" media olami vakillaridan ularni "Tottenxem Xotspur" yoki "shporlar" deb atashini so'radi 0

Fikrlar