Del Boske: "Ispaniya terma jamoasi yo'qotilgan ishonchni qaytarishi kerak"
09 sen 2014 14:04
Yangiliklar


Del Boske: "Ispaniya terma jamoasi yo'qotilgan ishonchni qaytarishi kerak"
Ispaniya bosh murabbiyi Visente del Boskening fikricha, milliy jamoa JCH2014dan keyin muxlislar ishonchini yo'qotgan.
Amaldagi Evropa chempionlari mundialda guruhdan chiqa olishmadi.
"Ispaniya terma jamoasi muxlislarini yo'qotganini biladi. Biz ularni qaytarishimiz va buni maydonda amalga oshirishimiz kerak. Jamoa yaxshi o'ynab Evropa chempionati saralash baxslarida ko'proq ochko ishlashi kerak" - deydi del Boske.
Eslatib o'tamiz, ispanlar Evro2016 saralashida Makedoniya terma jamoasini 5:1 hisobida engishdi.

Fikrlar