Deku Feliks haqida: "U har doim o'zgacha bo'lgan"

Sherzod Nurmatov
28 sen 2023, 10:54
"Barselona" sport direktori Deku kataloniyaliklar yangi futbolchisi Joau Feliks haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men uni Portugaliyada faoliyatini boshlaganidan beri bilaman. U har doim ajralib turar, o'ziga xos fazilatlarga ega edi. U biz bilan ekanligidan xursandman. Uning narxi haqida ko'p, o'yini haqida esa kam gapiriladi. Muhimi, u baxtli. U maydonda ham, kiyinish xonasida ham foyda keltiradi", – dedi Deku.

Eslatib o'tamiz, Joao Feliks "Barselona" safida o'tkazgan dastlabki 5 ta o'yinida 3 ta to'p kiritdi va 2 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca