Defo zaxiradan tushib, 800-o'yinini o'tkazdi va o'z nomiga gol ham yozdirdi
06 dek 2020 19:55
Yangiliklar


Defo zaxiradan tushib, 800-o'yinini o'tkazdi va o'z nomiga gol ham yozdirdi
SHotlandiya chempionatidan o'rin olgan “Ross Kaunti” – “Reynjers” bahsida Stiven Jerrard shogirdlari yirik g'alabani (4:0) tantana qildi.
Uchrashuvni zaxiradan boshlagan glazgoliklar forvardi Jermeyn Defo 2-taym o'rtalarida maydonga tushdi va bo'lim oxirlarida raqib darbozasini ishg'ol etdi. Defo bugun faoliyatidagi yubiley 800-uchrashuvini o'tkazdi hamda 322-to'pini kiritdi.
Malumot o'rnida, 38 yoshli hujumchi o'z vaqtida “Vest Xem”, “Bornmut”, “Portsmut”, “Tottenxem”, “Sanderlend” kabi klublar sharafini himoya qilgan. 2004-2017 yillar davomida esa u Angliya TJ safida ham o'ynagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar