So’nggi yangiliklar

16:22Анчелотти терма жамоаларнинг энг кўп маош олувчи мураббийига айланади  0 15:50"Челси" мавсум якунлангач, Росеньорни истеъфога чиқариши мумкин  1 15:17Нуньес АПЛга қайтиши мумкин  0 14:41Андрей Шумара — Тошев, Гесс, “Андижон” ва “Бухоро”даги хотиралар, Жаҳон чемпионати ҳақида  0 14:15"Манчестер Юнайтед" "Ньюкасл"нинг икки футболчисига қизиқмоқда  0 13:46"Реал" Чемпионлар Лигасида "Бенфика"дан мағлубиятга учраса, Арбелоани истеъфога чиқариши мумкин  4 13:07Кейн "Барселона"нинг қизиқиши ҳақида: "Мен буни мақтов сифатида қабул қиламан"  1 12:22Мбаппе "Реал"ни "Бавария" ярим ҳимоячисини сотиб олишга чақирмоқда  4 11:58Роналду: "Саудия Арабистонида бахтлиман, шу ерда қолишни истайман"  3 11:20"Бавария" Бруну Фернандешнинг трансфери бўйича қарор қабул қилди  1 10:51Жаҳон чемпиони "Ал Насср"га ўтишни истамоқда  3 10:26"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 75 миллион евро тўлашга тайёр  1 10:02Кечаги учрашувда дубл қайд этган Роналду нималар деди?  3 09:37"Каттақўрғон" "Флуминенсе" U20 жамоаси аъзоси билан билан шартнома имзолади  4 09:11"Осасуна"дан мағлуб бўлган Арбелоа баҳс якунидан сўнг нималар деди?  16

Debyutant Uels qay tarzda Evro-2016 kashfiyotiga aylandi? Yangiliklar

Debyutant Uels qay tarzda Evro-2016 kashfiyotiga aylandi?

Kecha "qizil ajdarlar" Rossiya terma jamoasini mag'lub etgan holda Evro-2016ning keyingi bosqichiga yo'l olishdi.

Bugun Kris Koulmen shogirdlari qay tarzda turnirning haqiqiy kashfiyotiga aylanganliklari haqida gaplashamiz.



"Bu narsani qanday ahamiyatga ega ekanligini sizga qay tarzda tushuntirishni ham bilmayapman. Bu juda katta ahamiyatga ega. Bu haqiqiy orzu! Bunday natijani barchamiz orzu qilgandik. Avvallari, orzuimizga erishish uchun birgina qadam etmay qolardi. Endi esa o'z maqsadimizga erishdik", - degandi Koulmen o'tgan yili Evro-2016 yo'llanmasini qo'lga kiritganida.

Uels terma jamoasi 58 yildirki, nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok eta olmayotgandi. Ular so'nggi marotaba, 2003 yilda bunday bahtga juda juda yaqin kelishgandi. Biroq, Rossiya terma jamoasi va Vadim Evseev "Millenium"da ularni to'xtatib qolgandilar. SHubhasiz, kechagi o'yin uelslik futbolchilar va muxlislar uchun o'ziga hos principial ahamiyatga ega edi.

Bunday turnirda ishtirok etish "qizil ajdarlar" uchun katta muvaffaqiyat hisoblanadi. Bungacha terma jamoa hech qachon ushbu musobaqada ishtirok etish huquqini qo'lga kirita olmagandi. Hattoki, Rayan Giggzdek futbolchisi bo'lgan Mark Xyuz va Gari Spid kabi murabbiylar ham terma jamoani Evro sari etaklay olmagandilar.

Darvoqe, Gari Spid haqida... Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Gari Spid terma jamoaga bosh murabbiy bo'lib kelganidan so'ng u erda ko'p narsani o'zgartirgandi. Mamlakat futboli muxlislari unga katta umidlar bilan qarashgandi. Uni barcha hurmat qilardi. Futbolchilar, muxlislar, mutaxassislar...

Biroq, ushbu baht uzoqqa cho'zilmadi. 2011 yilning 7 noyabrida Gari Spidning turmush o'rtog'i uyda o'lik holda topiladi. Uni telefon simlariga osib ketishgandi... Bu voqea Gariga juda yomon tasir qildi. SHu tariqa u jamoada uzoq vaqt ishlay olmadi...

SHundan so'ng uning o'rniga Kris Koulmen olib kelindi.

"To'g'risini aytsam, mening o'rnimda xech kim bo'lishni istamagan bo'lardi, shu jumladan mening o'zim ham", - degandi u murabbiylikka tayinlanganidan keyingi ilk intervyusida. "Gari mening 30 yillik yaqin do'stim. Men ayni paytda milliy terma jamoa murabbiyi ekanligimdan fahrlanaman. Ammo, shu bilan birga bu narsa mana shunday vaziyatda sodir bo'lganligidan qayg'udaman".

Koulmenning dastlabki urinishi omadsiz chiqdi. Braziliyadagi JCH-2014ga yo'llanma ola bilmagan murabbiy albatta tanqidlar yomg'iri ostida qoldi. O'shanda uelsliklar Belgiya, Xorvatiya, Makedoniya, SHotlandiya va Serbiya kabi terma jamoalar orasida beshinchi o'rinni qo'lga kirita olgandilar xolos. SHunga qaramasdan, murabbiyga yana imkoniyat berildi.

Evro-2016ning saralash bosqichida esa barchasi boshqacha bo'ldi. Peshqadam Belgiyani o'z maydonida mag'lub etgan britaniyaliklar, qolgan jamoalarga qarshi o'yinda ham o'zlariga kerakli natijalarni qo'lga kirita oldilar va guruhda ikkinchi o'rin bilan Evroga yo'llanma oldilar.

Terma jamoa bosh murabbiyi Kris Koulmen himoyaviy uslubni yaxshi ko'radigan murabbiylar sirasiga kiradi. Uning rejasiga ko'ra raqib hudum vaqtida himoya chizig'idan besh nafar futbolchi o'rin egallaydi. Markazdagi Allen-Ledli-Remzi triosi esa ushbu Evroning eng kuchli uchliklaridan biri sifatida ko'z o'ngimizda namoyon bo'lmoqda.

Kashfiyot futbolchilar ichida Aaron Remzi haqida ikki og'iz gapirib o'tmasak bo'lmaydi. Murabbiy unga 3-5-2 (yoki 5-3-2) sxemasida erkin ijodkor sifatida o'ynash imkonini taqdim etmoqda. 25 yoshli futbolchi qanotdagi o'yinlari orqali raqibga ko'plab tashvishlar tug'dira olmoqda.



Jamoa yulduzi va etakchisi - shubhasiz, Garet Beyl. "Real" futbolchisi ketma-ket uchta o'yinda raqib darvozasini ishg'ol etib o'ziga hos natija qayd etdi va ushbu Evroning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lish uchun asosiy nomzodlardan biri ekanligini isbotlay oldi.



Kris Koulmen 5 yil davomida milliy terma jamoada ko'zga ko'rinarni ishlarni amalga oshira oldi. "Qizil ajdar"lar Evropaning "Lester"i bo'la oladilarmi? Yo'q. Ular Evro g'olibligiga umid qilmayaptilar. Ammo, endi ular tomonidan qo'lga kiritilgan har bir g'alaba mamlakat futboli tarixidagi yangi sahifa ochilishiga sabab bo'ladi.


Marat Aksanov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика