De Xeani o'rnini egallashi mumkin bo'lgan 6 nafar darvozabon
26 may 2015 19:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/173444_original.jpg)
![](/upload/storage/173444_220.jpg)
De Xeani o'rnini egallashi mumkin bo'lgan 6 nafar darvozabon
Viktor Valdes. MYUning ikkinchi darvozaboni hisoblanadigan Valdes De Xea ketganidan so'ng "qizil iblislar" darvozasini qo'riqlash uchun asosiy nomzodlardan biri
Petr CHex. So'nggi vaqtlarda matbuotda chexiyalik posbon MYU safiga borib qo'shilishi borasida gap-so'zlar ko'paygan
Tim Krul. "Nyukasl"ning gollandiyalik darvozabonini manchesterliklarning bosh murabbiyi Lui van Gaal o'z tarkibida ko'rishga qarshi bo'lmasdi
Asmir Begovich. "Stok Siti" posboni ham MYU darvozasini ishonchli tarzda qo'riqlay oladi
Keylor Navas. De Xea "Real"ga, Navas esa "Manchester Yunayted"ga. Amalga oshish ehtimoli juda kam bo'lgan transferlardan biri
Ugo Loris. MYUning franciyalik darvozabonga qiziqayotgani borasida matbuotda ko'plab xabarlar tarqaldi. Lekin, "Tottenxem" darvozabonni qo'yib yubormasa kerak
Sizning fikringizcha De Xea "Real" safiga yo'l oladimi? Agar u ketsa uning o'rnini kim egallaydi?
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar