De Xea: "Oldinga qadam tashlash uchun bazan og'riqni his qilish kerak"
23 iyu 2022 00:55
Yangiliklar
De Xea: "Oldinga qadam tashlash uchun bazan og'riqni his qilish kerak"
"Qizil iblislar" darvozaboni o'tgan mavsum haqida fikr bildirdi.
"Manchester Yunayted" klubi darvozaboni David De Xea yakunlangan mavsumda klubga barqarorlik etishmaganini, bazi o'yinlar fojeaga aylanganini malum qildi.
"Hamma singari menga ham o'tgan mavsum juda qiyin bo'ldi. O'zimdan uyalib ham ketdim. Bazi o'yinlar fojea va tartibsizlikka aylanib ketdi. SHu sabab ham biz o'tgan mavsumdan xulosa chiqarishimiz kerak. Bu narsa qaytarilmasligi lozim.
O'yinni 0:4 yoki 0:5 hisobida boy berish va g'alaba qozona olmaslik holatiga tushish og'riqli. Buni qabul qilib bo'lmaydi. Ammo oldinga qadam tashlash uchun bazan og'riqni his qilish kerak", -deydi David De Xea.
Fikrlar