So’nggi yangiliklar

08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2

De Xea, jarohatlar, "Siti" va "Yunayted" o'rtasidagi farq haqida - Sulsher derbidan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi Yangiliklar

De Xea, jarohatlar, "Siti" va "Yunayted" o'rtasidagi farq haqida - Sulsher derbidan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

De Xea haqida

"Ota bo'lganingizda hayotingizdagi eng ajoyib hissiyotlarni his qilasiz. Unga vaqt beraman va keyinchalik bemalol qaytishi mumkin bo'ladi. Bu mavzu muhokama qilinmasligi uchun bizga Ispaniyaga uchib ketayotganligini aytib qo'ydi. Uning qachon qaytishini bilmayman, ammo bu uzoq davom etmaydi.

Ha, qaytgandan keyin David karantin qoidalariga amal qilishi kerak bo'ladi va uni yana kutishga majbur bo'lamiz. Ha, uni biz qo'yib yubordik, endi esa tezroq qaytishini istaymiz.

Din "Kristal Pelas"ga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdi va endi u sabrsizlik bilan bugungi o'yinni kutmoqda. Liga Kubogida u bunday o'yinlarda qatnashib bo'lgan".

Jarohatlar haqida

"Bahsgacha yana bir-ikki nafar futbolchimizning safga qaytishini kutyapmiz. "Kristal Pelas"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan futbolchilar borasida biror nima deya olmayman. Agarda kimdir tarkibga qaytmasa, yana shunday tarkib bilan o'ynashimiz mumkin.

Viktor bilan barchasi joyida. O'tgan bahsda u zaxira o'rindig'ida bo'lgandi. Biroq Pol o'yinga tayyor bo'ladi, deb o'ylamayman"

"Siti" va "Yunayted" o'rtasidagi farq haqida

"Bu borada xavotirga tushmayapman. CHunki "Manchester Yunayted"dagi ishlarni nazorat qila olaman. Jamoalar o'rtasida farq juda katta. Ayni damda ular bizdan yuqorida bo'lib turishibdi.

APLda sen g'alabaga loyiq bo'lmasang, raqiblar xato qilishmaydi. Bunday o'yinlarga ijobiy kayfiyat bilan qarash kerak. Har bir o'yinda biz raqiblarga juda katta pressing qo'llayapmiz. 3-4 hafta oldin himoyada muammolar bor edi, hozir esa gol urishga qiynalyapmiz".

Katta o'yinlarga etibor haqida

"Bu holatni ko'rib chiqdik. Har bir o'yinda pressingga yuqori etibor qaratyapmiz. O'tgan mavsumda esa qarshi hujumlarni afzal ko'rgandik. Ushbu mavsumda esa bularga biroz ijobiy yondashyapmiz. Ammo o'yinlar og'ir o'tmoqda.

Yomon jismoniy holat haqida

"Bu har bir futbolchiga beriladigan savol. Golsiz hafta o'tkazdik. Ammo siz aytganchalik yomon holatda emasmiz. "Sautgempton"ga 9ta, "Real Sosedad"ga 4ta gol urdik.

Futbolchilarning holati yomon degan fikrga qo'shilmayman. O'tgan 0:0 hisobidagi uch o'yinda futbolchilar yonishmadi. Biroq futbolchilarning holati unchalik yomon emas".

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика