De Xea: "Iker nafaqat Ispaniya tarixadagi, balki futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar qatorida"
26 mar 2016 22:35
Yangiliklar
De Xea: "Iker nafaqat Ispaniya tarixadagi, balki futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar qatorida"
Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David De Xea Iker Kasilyas manziliga iliq so'zlarni aytib o'tdi.
"Men Ispaniya terma jamoasi safida o'ynash baxtiga muyassar bo'lganimdan xursandman. Men va Kasilyas o'rtasida sog'lom raqobat mavjud. Kasilyas deganda biz Ispaniya va futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri haqida gapiryapmiz. Lekin men ham nimalarga qodir ekanligimni ko'rsatmoqchiman. Kim maydonga tushishini esa murabbiy hal etadi", - deydi De Xea.
Fikrlar