De Xea hech qaerga ketmaydi. MYU u bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldi
10 sen 2019 13:55
Yangiliklar


De Xea hech qaerga ketmaydi. MYU u bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldi
"Manchester Yunayted" jamoaning asosiy darvozaboni David De Xea bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldi.
Yangi kelishuvga ko'ra "qizil iblislar" ispaniyalikka haftasiga 290 ming funt maosh to'lashadi.
Bu pul jamoada eng ko'p maosh oladigan Pol Pogbaning maoshi bilan tengdir.
De Xeaning "Manchester Yunayted" bilan tuzadigan yangi shartnomasining muddati haqida malumot berilmayapti.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli ispaniyalik posbonning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda o'z yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar