So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

De Rossi "Boka"da o'ynashni orzu qilgan. Jamoaga yana kimlar muxlis, bilasizmi?! Yangiliklar

De Rossi "Boka"da o'ynashni orzu qilgan. Jamoaga yana kimlar muxlis, bilasizmi?!

U Rimdagidan ko'ra 4 baravar kamroq maosh oladi.

"Boka Xuniors"ning yangi o'yinchisi Daniele De Rossi klub rahbariyatidan uning ism-familiyasi va "16-raqam" yozilgan yuzga yaqin futbolka berishlarini so'radi. "Do'stlarim ko'p", – tushuntirdi italiyalik. De Rossining futbolkasi u Argentinaga kelishidan ancha oldin tayyor bo'lgandi. 2015 yilda Leandro Paredes instagramdagi sahifasiga Daniele "ko'k-sariq" futbolka kiyib tushgan suratini joylagandi. "Do'stim chempionatdagi g'alabamizdan juda xursand", – yozgan edi "Roma"ga o'tgunga qadar "Boka" safida to'p tepgan argentinalik o'yinchi".

De Rossining so'zlariga qaraganda, u "Boka Xuniors"da o'ynashni orzu qilgan va bu xushmuomalalik uchun aytilgan so'z emasligini takidladi. JCH-2006 chempioni "Roma"dan ketganidan so'ng, faoliyatini davom ettirishi uchun ko'plab takliflar oldi. Uni "Sampdoriya", "Fiorentina", "Bolonya"ga chaqirishdi. SHuningdek, Italiya yoshlar termasiga murabbiy sifatida ham taklif qilishdi. Ammo De Rossi kutilmaganda hech kim hayoliga ham keltirmagan qarorni qabul qildi. U haqiqatdan ham "Boka Xuniors" jamoasini juda yaxshi ko'radi.

De Rossi – "Boka"ning haqiqiy muxlisi. Biroq u endi Rimdagidan ko'ra 4 baravar kam maosh oladi

"Yuragim "Roma"ga tegishli, ammo "Boka" ham menga juda yoqadi, – deydi De Rossi shartnoma tuzganidan so'ng. – Bolaligimdan ularning o'yinlarini tomosha qilaman. Maradona, stadion, muxlislarning his-tuyg'ularini ko'rib quvonaman. Doim Janubiy Amerikada yashashni orzu qilganman va "Bombonera" stadioni maydoniga "Boka" o'yinchisi sifatida tushishni istaganman. Qachonlardir "Roma"dan ketsam, "Boka Xuniors" safida maydonga tushish ajoyib bo'lar edi", — degandi bir necha yil avval de Rossi.

De Rossining Argentina jamoasiga bo'lgan qiziqishi haqida uning klubdoshi Diego Perotti aytib bergandi. Undan faoliyatini "Boka"da tamomlash niyati bor yo yo'qligini so'rashganida, Perotti hazillashib Danieleni ham o'zi bilan olib ketishi aytgan: "U natijalarni doim kuzatib borar, o'yinlarni tomosha qilar, unga bog'liq videoroliklar ko'rardi: muxlislarning chiqishlari, jamoaning maydonga chiqishi va hokazo, hech narsani o'tkazib yubormasdi. "Boka" muxlislari o'zini qanday tutishi unga juda ham yoqar ekan. Bir necha yil avval uni "Xuniors"ga chaqirishgandi, lekin pul masalasida kelisha olmagan edilar. U "Boka"da o'ynaydi deb o'ylamayman. Ammo bir narsa deyish qiyin, hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin".

2015 yil De Rossi A Seriyaning eng ko'p maosh oladigan o'yinchisi bo'lgan edi – u yiliga 6,5 million evro olardi. 2017 yilda esa uning oyligi 3 millionga kamaydi. Ammo bu summani ham "Boka"ning moliyaviy ahvoli ko'tarmas edi. Aslini olganda, Daniele Argentinaga pul uchun borayotgani yo'q – u "Xuniors"da yiliga 800 ming evro oladi. O'tgan mavsum "Roma"da 19 yoshli Vilyam Byandaning maoshi shunchani tashkil qilgandi, biroq u biror marta ham maydonga tushmagan.

"Boka" italiyalik muhojirlar tomonidan tashkil etilgan. Ammo De Rossi – klub tarixidagi birinchi haqiqiy italiyalik

"Boka Xuniors"ni italyanlar tashkil etgan. Ochig'i, o'zimni bu erda uydagidek his qilyapman", – deydi De Rossi. Bitim ramziyligini "Boka" prezidenti ham takidladi: "Ota-onam – italyan muhojirlari edi, shuning uchun Italiya futbolining afsonasi jamoaga kelishi menda o'zgacha his-tuyg'u paydo bo'lishiga sabab bo'ldi".

"Boka"ning taxalluslaridan biri — genuyaliklar. XX asr boshlarida Buenos-Ayres aholisinng asosiy qismi italiyalik immigrantlar bo'lgan. Bu esa madaniyat, nutq va shahar gastronomiyasiga o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. "Boka Xuniors" asoschilaridan biri — Genuya va Yunonistonning Xios va Samos orollaridan kelgan muhojirlar bor edi. Biroq 114 yil ichida klubda Italiyadan kelgan futbolchilar soni juda kam bo'lgan. Ularni haqiqiy italiyalik deyish ham qiyin. Masalan, Gabriel Paletta va Dani Osvaldo Italiya termasida to'p tepgan, lekin Argentinada tug'ilgan edi. Apennin yarim oroli fuqarolari Mario Busso, Vittorio Jovanni Bratina va Nikola Novello Italiyadan Janubiy Amerikaga ko'chib o'tgan. Ammo ularning niyati futbol o'ynash emas, shunchaki o'sha erda yashab, Argentina fuqarosi bo'lish edi.

"Boka" Buffon, Gattuzo va Pirlo bilan shartnoma tuzishni istagan edi

2018 yil bahorda, Janluijji Buffon "Yuventus"dan ketishi aniq bo'lgan paytlar, Anxelisi ("Boka" prezidenti) Karlos Tevesdan darvozabon bilan uchrashuv tashkillashtirib berishini so'radi. "Slarin" malumotlariga qaraganda, Anxelisi, Teves va Buffon birgalikda Turinda tushlik qilishgan va Jijjining Argentinaga o'tish imkoniyatlari haqida suhbatlashishgan. Ammo Buffon PSJga o'tganidan so'ng, unga hech qachon "Boka"ga o'tishni taklif qilishmaganini aytgan. "Teves – mening yaqin do'stim. U uchun men shunday taklifni qabul qilgan bo'lar edim", – degan edi darvozabon.

Buffon — "Boka Xuniors" afsonaviy Italiya-2006 termasidan sotib olmoqchi bo'lgan yagona o'yinchi emas. Teves 2015 yil "Yuventus"dan ketgan Andrea Pirloni Argentinaga chaqirishga harakat qilib ko'rdi. Lekin yarim himoyachi AQSHga ketishni to'g'ri yo'l deb bildi. Jennaro Gattuzo bilan shartnoma esa uning oilaviy sharoiti tufayli bekor bo'lgandi.

"2012 yil "Milan"dan ketganimdan so'ng, "Boka"ga o'tishga yaqin turgan edim, – deydi Jennaro Gattuzo. – Rahbariyat azolari bilan uchrashdim, shartnoma borasida suhbatlashdik. "Boka" safiga o'tishni juda ham xohlayotgandim. Ammo farzandlarim juda yosh edi. SHu sababli, ayolim esa Argentinaga ko'chib o'tishni istamagandi". "Boka Xuniors" Gattuzoga taklif bildirganining sababi, Rino ham xuddi De Rossi kabi Argentina grandiga qiziqishi haqida aytgan edi. Umuman olganda, mashhur futbolchi hamda sportchilar orasida "Boka"ning muxlislari talaygina.

Bajjo, Pires va Anri "Xuniors"ga muxlis 

"Men barchasi qanday boshlanganini juda yaxshi eslayman. 1994 yoki 1995 yil. Ko'chada yomg'ir, biz do'stim bilan uyda futbol ko'ryapmiz, – deya gap boshlagandi Roberto Bajjo La Gazzetta dello Sport muxbiriga bergan intervyusida. – "Bombonera" stadionidagi o'yin, jamoalardan biri 4:0 hisobida oldinda. Muxlislar qo'shiq kuylayapti, raqsga tushmoqda. "Bunday ishonchli g'alabani nishonlash ikki hissa yoqimli", – dedim do'stimga. Javoban u: "Roberto, ularning jamoasi mag'lub bo'lyapti". Ana o'sha kundan buyon "Boka" – mening jamoam".

2005 yil «Boka» yuz yilligini nishonladi. O'shanda 38 yoshli Bajjo 10-raqamli futbolkada maydonga tushadi degan gaplar tarqalgandi. Lekin Roberto sevimli jamoasi tarkibida birorta o'yin o'tkazishi nasib qilmadi. "Faoliyatimni yakunlagunga qadar men "Boka"da o'ynab ko'rmoqchiman, – degandi franciyalik yarim himoyachi Rober Pires. – "Vilyarreal"da Xuan Rikelme va Rodolfo Arruabarrena jamoadoshlarim bo'lgan. Ularning tilidan "Xuniors" tushmasdi. Ushbu jamoaga muxlis bo'lib qolganimni o'zim ham sezmay qolganman".

Ronaldino ham "Boka"ni qo'llab-quvvatlashi sababchisi sifatida aynan Rikelmeni ko'rsatgan. "Lekin birinchi navbatda bu buyuk Maradona", – deya qo'shimcha qilgan braziliyalik. Diegoning o'yinidan hayrat sabab Terri Anri va Franchesko Totti ham "Xuniors"ga "kasal" bo'lgan. "Bombonera"ga Erik Kantona va Edgar Davids kelgan, zamonamizning mashhur tennischilari Rojer Federer va Rafa Nadal ham "Boka" haqida iliq fikrlar bildirishgan.

De Rossining kelishi "Boka"ning muxlislari ortishiga sabab bo'lishi turgan gap. Danielening o'zi esa bu borada ancha hotirjam, kamtarlik bilan: "Men Messi yoki Maradona emasman. Lekin forma kiyib maydonga tushsam, jamoaga yordam bera olaman". Avgust oxirida "Boka" Kopa Libertadores chorak finalida o'ynashdan umidvor, birinchi sentyabrda – chempionatda "River Pleyt"ga qarshi uchrashuv. De Rossi katta o'yinlarga tayyor bo'lishi lozim. "Biz Daniele bilan kelishib oldik. O'yinga, maydonga tushishdan oldin u ikki hafta mashg'ulotda qatnashadi", – dedi jamoa ustozi Gustavo Alfaro.

O'tgan mavsum "Boka" "River"ga Libertadores finalida imkoniyatni boy berdi, chempionatda esa - uchinchi o'rin. Natijalarni yaxshilash uchun jamoa ikkita katta transferni amalga oshirib ulgurdi. Ular "Xuniors" tarixida eng qimmat transferlar top-beshligiga kiradi. Evropadan vinger Eduardo Salvio qaytarildi ("Benfika"  futbolchi uchun 7 mln evro oldi) va venesuelalik iqtidor sohibi Yan Urtado (6,75 mln evro) jamoaga kelib qo'shildi. Lekin asosiy transfer baribir De Rossi.

O'sha kuni erta tong — saharda aeroportda De Rossini minglab muxlislar kutib olgandi – faqatgina afsonaviy futbolchilarnigina shunday kutib olishadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика