De Paul "Atletiko"ga transferi haqida: "Men Ispaniya chempionlariga o'tmoqdaman va javobgarlikni tushunaman"
13 iyu 2021 07:06
Yangiliklar
De Paul "Atletiko"ga transferi haqida: "Men Ispaniya chempionlariga o'tmoqdaman va javobgarlikni tushunaman"
"Men juda ham baxtliman. Men Ispaniya chempionlari safiga qo'shilmoqdaman va bu qanday javobgarlik ekanligini tushunaman. Bu faoliyatim uchun juda katta oldinga sakrash. Bu barcha umidlarni oqlash uchun menga qo'shimcha kuch beradi.
"Atletiko"ni yaxshi bilaman, sababi futbolda odam sifatida unga qiziqaman va bu mamlakatda oldin o'ynaganman. Ispaniyada ko'plab do'stlarim va sobiq sheriklarim bor.
Anxel Korrea meni qo'llab-quvvatlamoqda. U klub haqida yaxshi so'zlarni aytdi. Bunday muxlislari bor jamoada o'ynashdan faxrlanaman.
Men Diego Simeone qo'l ostida o'ynashimdan juda mamnunman. Bu eng kuchli murabbiylardandir, men uning Argentina terma jamoasidagi o'yinlarini ko'rib ulg'ayganman", - deydi de Paul.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchining transferi uchun Madrid klubi 35 million evro to'ladi.
Fikrlar