De Ligt: "Ronaldu - haqiqiy yirtqich"
11 apr 2019 11:38
Yangiliklar


De Ligt: "Ronaldu - haqiqiy yirtqich"
"Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligt "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvi natijasi (1:1) haqida fikr bildirdi.
"Uchrashuv boshidan stadiondagi atmosfera ajoyib edi. Biz bahs startida gol urish uchun bir nechta vaziyatga ega bo'ldik, ammo "Yuventus" tanaffusdan oldin darvozamizni ishg'ol qildi. Ronaldu - haqiqiy yirtqich. U birgina imkoniyatni golga aylantirdi. Krishtianu bir necha futbolchilarga qarshi chiqishdan qo'rqmaydi.
Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. "Ayaks" - katta potencialga ega jamoa. Bugun turnir chorak finaliga tasodifan chiqib qolmaganimizni isbotladik" - deydi de Ligt.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar