De Bryuyne so'nggi 4 mavsumning 3tasining har birida 16tadan ko'p assistentlik qayd etmoqda
20 fev 2020 01:46
Yangiliklar
De Bryuyne so'nggi 4 mavsumning 3tasining har birida 16tadan ko'p assistentlik qayd etmoqda
"Manchester Siti" ayni damda 26-turning qoldirilgan uchrashuvida "Vest Xem"ga qarshi bahs olib bormoqda.
Uchrashuvning 30-daqiqasida "shaharliklar" yarim himoyachisi Rodri boshi bilan bergan zarbasi orqali hisobni ochdi. Unga pasni De Bryuyne etkazib bergandi.
26 yoshli belgiyalik uchun bu ushbu mavsum APLdagi 16-assistentlik sifatida qayd etildi.
Oldingi mavsumni hisobga olmasak de Bryuyne o'tgan 4 mavsumning uchtasida 16tadan ko'p assistentlikni qayd etmoqda.
2016/17 yilgi mavsumda u gol+pas tizimida 18 (16+2) ochko jamg'argandi va bu natija uning uchun eng yaxshisi bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar