De Bryuyne: "Qanday qilib bitta ham vaziyatga ega bo'lmagan MYUga yutqazdik?!"
30 jan 2020 10:20
Yangiliklar


De Bryuyne: "Qanday qilib bitta ham vaziyatga ega bo'lmagan MYUga yutqazdik?!"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Angliya Liga Kubogi yarim finali doirasidagi MYUga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu o'yinni qanday yutqazganimizni tushunmayapman. "Manchester Yunayted"da bugun bitta ham imkoniyat bo'lmadi. Keyingi bosqichga biz yo'l olganimiz yaxshi bo'ldi.
Biz beparvolik bilan o'ynadik va raqib hech narsadan gol urib ketdi. Menga ayting, ularda bitta bo'lsa ham imkoniyat bo'ldimi? Xatolardan saboq olamiz.
Agar biz finalda g'alaba qozonsak, hech kim bu o'yin haqida gapirmaydi", - deydi de Bryuyne.
Yakunda esa "shaharliklar" ikki o'yin natijasiga ko'ra (3:2) finalga yo'l olishdi.
Eslatib o'tamiz, "Aston Villa" va "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi Angliya Liga Kubogi o'yini 1 martda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar