De Bryuyne: "Mening oilam 2 hafta kasal bo'ldi. Bilmadim, bizda koronavirus bor edimi yoki yo'q"
18 apr 2020 10:20
Yangiliklar


De Bryuyne: "Mening oilam 2 hafta kasal bo'ldi. Bilmadim, bizda koronavirus bor edimi yoki yo'q"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne karantin haqida gapirdi.
"Menda hammasi yaxshi bo'ldi. Ikki hafta davomida mening oilam kasal edi va vaziyat barqaror emasdi. Ammo, hozir hamma sog'-salomat.
Bilmadim, bizda koronavirus bor edimi yoki yo'q. Hozir hammasi yaxshi.
Hozirda men asosan yuguraman, shuningdek suzaman (yaxshi, bizda basseyn bor) ham va turli mashqlarni bajaraman. Albatta, klub bizga mashg'ulotlar jadvalini jo'natib turibdi. Ammo, menga sport zalida ko'p vaqt sarflashdan ko'ra, yugurish va suzish yoqadi. Men yo'lakchada bo'lganimda, podkastlar va shunga o'xshash narsalarni eshitaman", - de Bryuyne.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar