De Bryuyne: "Men ortiq futbol qoidalarini bilmayman"
22 noy 2020 13:10
Yangiliklar
De Bryuyne: "Men ortiq futbol qoidalarini bilmayman"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "Tottenxem" darvozasiga urilgan golning bekor qilingani haqida gapirdi.
Gol Gabriel Jezusning qo'l bilan o'ynagani sabab bekor qilindi.
"To'g'risini aytganda, men ortiq futbol qoidalarini bilmayman. Men agar to'p qo'lning yuqori qismiga tegsa, qo'l bilan o'yin bo'lmasligini bilardim. Men qoidani bilmayman. Ertaga yoki indin kuni qandaydir kanalda referi chiqib olib, hakam haq ekanlini aytadi, shunday ekan mening gaplarim ahamiyatsiz.
Men professional futbolda 12 yildan beri o'ynayman. Dastlabki 10 yilda hech qanday qoida o'zgarmadi, hozir esa barchasi o'zgarib ketdi. Nega ekanligini bilmayman. Futbol - ajoyib o'yin. Qoidalarga o'zgartirish kiritayotgan insonlar o'yin ichida bo'lishlari kerak", - deydi de Bryuyne.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" "Tottenxem"ga 0:2 hisobida yutqazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar