De Bryuyne "Manchester Siti"da qoladi
24 may 2022 11:04
Yangiliklar
De Bryuyne "Manchester Siti"da qoladi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
"Etti yildan beri shu erdaman, barchani sevaman, bu mening jamoam. Menda boshqa rejalar yo'q, shu erda o'ynashda davom etaman. "Manchester Siti" - mening jamoam", - deydi de Bryuyne.
30 yoshli belgiyalik futbolchi "Man Siti"da 2015 yildan beri o'ynaydi.
Xavbek 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 14ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar