De Bryuyne: "Liverpul"ning muvaffaqiyati bizni xafa qilgani yo'q"
29 fev 2020 14:55
Yangiliklar
De Bryuyne: "Liverpul"ning muvaffaqiyati bizni xafa qilgani yo'q"
"Manchester Siti" xavbeki Kevin De Bryuyne jamoa "Liverpul"ning muvaffaqiyatlaridan xafa emasligini aytdi.
"Liverpul"ning muvaffaqiyati bizni xafa qilgani yo'q. Ularning qilgan ishlaridan so'ng shunchaki qarsak chalish kerak. Ular hozir biz so'nggi ikki yilda amalga oshirgan ishlarimizni qilishmoqda.
Bizga yagona yoqmagan narsa bu mavsum davomidagi xatolarimizning sonidir. Buning "Liverpul"ga umuman aloqasi yo'q. Agar bizning xatolarimiz bo'lmaganda, chempionlik bizga yaqinroq bo'lardi", - deydi De Bryuyne.
Fikrlar