De Bryuyne ko'proq vaqt qo'shish g'oyasini tanqid qildi
08 avg 2023 10:50
Yangiliklar
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne APLda ko'proq vaqt qo'shib berilishiga qarshi ekanligini bildirdi.
Avvalroq "Manchester Siti" bosh murabbiyi ham APLda to'xtash vaqti ko'payganidan noroziligini bildirgandi."Aftidan, biz hozir har bir o'yinda qo'shimcha 15 daqiqa o'ynaymiz, bu hammasini ko'rsatadi. Biz Superkubokda "Arsenal" futbolchilari va hatto hakamlar bilan gaplashdik – ular buni xohlagani yo'q, ammo yangi qoida shunday.
Har doim vaqt cho'zadigan quyi darajadagi jamoalarga qarshi o'yinda nimalar bo'lishini tasavvur qilyapman. Superkubokda biz qo'shimcha 12-13 daqiqa o'ynadik. Men 20-25 daqiqa qo'shiladigan o'yinlarni ham tasavvur qila olaman", – dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, APL yangi mavsumida hakamlar JCH-2022dagi kabi taymlarga ko'proq vaqt qo'shishadi.
O’xshash yangiliklar
00:44
Pep Gvardiola: "Husanov APLda o'ynashga tayyor. ECHLda esa pley-offga chiqib olishimiz kerak" 5
Fikrlar