Gvardiola 101-daqiqadagi gol haqida: "8 daqiqa qo'shadigan ish bo'lmagandi"

Aziz Tukhtamuradov
7 avg 2023, 09:05
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Superkubogida qo'shib berilgan vaqt ko'payib ketganidan norozi.

"Manchester Siti" - "Arsenal" o'yinida hakam Styuart Ettuell ikkinchi bo'limga 8 daqiqa vaqt qo'shib berdi. "Arsenal" esa qo'shib berilgan vaqtning 11-daqiqasida hisobni tenglashtirdi. 

O'yin "Arsenal"ning penaltilar seriyasidagi g'alabasi bilan yakunlandi. 

"Bu asabga tegdi, lekin ko'nikishga to'g'ri keladi. 

Men 1:0 sifatida yutayotganimiz uchun emas, 8 daqiqa qo'shib berishga arziydigan to'xtalishlar bo'lmagani uchun asabiylashdim", - dedi Gvardiola. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC Sport