De Bryuyne ketma-ket ikkinchi yil chet elda to'p tepadigan eng yaxshi belgiyalik deb topildi
09 fev 2017 12:20
Yangiliklar
De Bryuyne ketma-ket ikkinchi yil chet elda to'p tepadigan eng yaxshi belgiyalik deb topildi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne chet elda to'p tepadigan eng yaxshi belgiyalik deb topildi.
Kevin De Bryuyne ushbu sovrin uchun kurashda 278 ochko to'plab, "CHelsi" va "Atletiko" yarim himoyachilari Eden Azar (164) va Yannik Ferreyra-Karraskolardan (159) o'tib ketdi. 25 yoshli belgiyalik ushbu sovrinni Terri Anri qo'lidan qabul qildi.
Kevin De Bryuyne 2016 yilda 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 12 ta golli pas berdi.
Fikrlar