De Bryoyne: “Siti”da bosimdan ham rohatlanish lozim”
28 fev 2019 20:09
Yangiliklar


De Bryoyne: “Siti”da bosimdan ham rohatlanish lozim”
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryoynening aytishicha, jamoadoshlari ortiqcha bosim tufayli o'zlarini maydonda noqulay his qilmasliklari lozim.
“Biz faqat o'zimizga qarashimiz lozim. Taqvimimiz zich, shunga qaramay “Manchester Siti” o'zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda ishtirokini davom ettirmoqda. Biz yaxshi o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonayapmiz. SHu ruhda davom etishimiz judayam muhim. Agar “Siti”ga o'tsangu, senga va jamoaga bo'layotgan turli bosimdan rohat olmasang, yaxshisi jamoadan ketish lozim”, deya De Bryoynening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Joriy mavsumda «Manchester Siti» Angliya Liga kubogida g'olib chiqdi. Ayni paytda “shaharliklar” Angliya Premer Ligasi, mamlakat kubogi va CHempionlar ligasida yurishlarini davom ettirishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar