So’nggi yangiliklar

00:30"Андижон" клуби Отабек Жўрақўзиевни ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  3 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0

Davronjon Ergashev: "Bunyodkor"ni Qarshida g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi" Yangiliklar

Davronjon Ergashev: "Bunyodkor"ni Qarshida g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi"

SHuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi "Bunyodkor" jamoasi O'zbekiston kubogi guruh bosqichining ikkinchi turida o'z maydonida "So'g'diyonani" qabul qildi.

O'yin davomida katta ustunlikka ega bo'lgan "qaldirg'ochlar" 1-1 hisobida durangga imzo chekdi. O'yindan so'ng jamoaning tojikistonlik himoyachisi Davronjon Ergashev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"To'g'risini aytganda  "So'g'diyona" bilan o'z maydonimizdagi o'yinda g'alaba qozonishimiz shart edi. SHundagina keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilardik. Masuliyatni barcha his qilib turgandi. Ilk daqiqalardan boshlab bor etiborimizni hujumga qaratdik. O'zingiz ham ko'rdingiz qulay vaziyatlarni golga aylanishiga ozgina omad  etishmadi. Ikkinchi bo'limda ko'plab hujumlarimizning bittasidan samara chiqara oldik. Uyimizda o'tayotgan bahslarda muxlislarimizni xursand qila olmayapmiz. Nasib qilsa navbatdagi uchrashuvlarda g'alabani tantana qilishga harakat qilamiz. 

Qarshidagi o'yinda durangni o'ylamaymiz. Bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi. Navbatdagi bosqich yo'llanmasini "Nasaf" maydonida qo'lga kiritamiz.

Ha, markaziy himoyada o'ynayotgan edim. Kecha birinchi bo'limda qanotda harakat qilishimga to'g'ri keldi. Umuman olganda bu muammo tug'dirgani yo'q",- deydi Davronjon Ergashev.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика