So’nggi yangiliklar

02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  1 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  2 01:29ЖЧ-2026 саралаши. Австралия Саудия Арабистонини мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  4 01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  4 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  11 23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  10 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  35 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  10 22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  18 22:23Фабрицио Романо: Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  10 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  152 21:45ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда енгди, Сергеев эса тўпга биринчи тегинишида гол урди  20 20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  3 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  474 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  4

Davron Jo'raqulov: “Joriy mavsum faoliyatimdagi unutilmas yil bo'lib qoladi” Yangiliklar

Davron Jo'raqulov: “Joriy mavsum faoliyatimdagi unutilmas yil bo'lib qoladi”

O'tgan yili birinchi ligada “UzDongJu” sharafini himoya qilgan Davron Jo'raqulov joriy mavsum oliy liga debyutanti “Obod” tarkibidan o'rin oldi.
25 yoshli darvozabonning xarakatlari klub xo'jayinlarini qiziqtirib qo'ygani sababli Jo'raqulov toshkentliklar safidan o'rin oldi. Bu yil oliy ligada ilk mavsumini o'tkazayotgan iqtidorli posbon davralar oralig'ida jamoasini o'zgartirishga qaror qildi. Endilikda u “Andijon” sharafini himoya qiladi.

- Davron, “Andijon” yig'inida ishtirok etayotganingizdan xabarimiz bor. Aytingchi keyingi taqdiringiz oydinlashib qoldimi?

- Ha, “Obod” bilan hamkorlikni to'xtatdik va endilikda o'zim tug'ilib o'sgan Andijon viloyatining bosh jamoasida o'ynaydigan bo'ldim. SHu kunlarda “burgutlar” bilan yangi shartnomaga imzo chekaman.

- “Obod”ni qisqa muddat ichida tark etishingiz avvaliga hayolingizga hm kelmaganmidi? Umuman jamoa bilan xayrlashishingizni qanday izohlagan bo'lardingiz?

- CHindan ham “Obod”ga jiddiy maqsadlar bilan borgandim. U erda ishlarim yomon kechmayotgandi. Asta-sekin oliy ligada debyut uchrashuvimni o'tkazib, katta futbol havosiga moslashib borayotgandim. Biroq, keyinchalik jamoada bosh murabbiy o'zgardi. Negadir, Aleksandr Mochinovning menga bo'lgan ishonchi pasaya boshladi. Yoki menga shunday tuyulgandir. Kimni o'ynatishni avvalo murabbiy hal qiladi. SHu bois o'zimni boshqa jamoada sinab ko'rishga ahd qildim. 



- Bilishimizcha, “Obod” xo'jayinlariga o'yiningiz juda ham maqul kelar ekan. Jamoaga borib qolishingizda ham klub rahbariyatining roli katta bo'lgan ekan. Nahotki ular ham sizni “Obod”da olib qolishga xarakat qilmagan bo'lsa?

-Darhaqiqat, “Obod” klubi prezidentining tavsiyasi va klubning iqtidorli murabbiyi Bobur Zuhriddinovning taklifiga binoan jamoa safiga borib qo'shilgandim. Ularning menga bo'lgan ishonchi yuqor edi. Lekin bir narsa to'g'ri tushunish kerakki, hozir natijaga Mochinov javobgar. SHuning uchun maydonga kimni tushurishni uning o'zi hal qiladi. Agarda bosh murabbiy  istamasa, u erda vaqt o'tkazib yurishdan naf yo'q deb bildim. Har bir murabbiyning o'z falsafasi bo'lgani kabi, balki men yangi murabbiyning qarashlariga mos tushmagandirman. Bundan sira xafa bo'lganim yo'q.

- Ketish haqida klub rahbariyati bilan gaplashgan bo'lsangiz kerak?

- Xa, boshliqlar bilan gaplashganimda, ular menga omad tilashdi va qaysidir jamoaga o'tishimga qarshilik ko'rsatmadi. Fursatdan foydalanib, ularga minnatdorchilik bildiraman.  

- “Obod”dagi yarim yillik faoliyatingiz qanday o'tdi?

- Jamoani iliq xotiralar bilan tark etdim deya olaman. Faoliyatimda katta burilish yasagan jamoa bo'lib qoladi. Katta futbolga aynan shu erda qadam tashladim. U erdagi muhit va ajoyib kollektivga gap bo'lishi mumkin emas. Klub rahbariyati va Bobur Zuhriddinov meni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatladi va etarlicha ishonch bildirdi. Men ham o'z navbatida bundan unumli foydalanib qolishga xarakat qildim. Joriy mavsum faoliyatimdagi unutilmas yilga aylanib qoladi.

- SHu o'rinda oliy ligadagi debyut o'yiningizni eslab o'tsak?

- Elitadagi dastlabki o'tkazgan uchrashuvim safarda “Nasaf”ga qarshi kechdi. 85-daqiqada maydonga tushgandim. Ungacha 1:0 hisobida imkoniyatni boy berayotgandik. Murabbiylar tavakkaliga meni tushirishga qaror qilishgandi. Afsuski yakunda 1:0 hisobi saqlanib qolgandi. Tabiiyki hayajon bosgan.

- “Andijon”ga qaytishiz qanday amalga oshdi?

- Birinchi davra tugashi arafasida taklif bo'ldi. Bundan ochig'i xursandman. Endi bor kuchim bilan jamoaga yordam berishga xarakat qilaman. Muhimi murabbiylar ishonch bildirishsa bas.

- Jamoa sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Yaxshi. Kirishib keta oldim. Boshida hayajon bo'ldi. Ammo keyinchalik moslashib kettim. Futbolchilar yaxshi qabul qildi. Xususan jamoa sardori Ibrohim Otaxonov yangi muhitga ko'nikib ketishimda yordam bermoqda. Hozircha bu erda menga hamma narsa yoqmoqda.

- “Andijon”da asosiy tarkibda o'ynashingiz uchun sizni jiddiy raqobat kutib turibdi. Buni o'zingiz ham yaxshi his qilayotgan bo'lsangiz kerak?

- Ha, fikringizga to'liq qo'shilaman. Boshlang'ich tarkibdan o'rin egallash oson kechmaydi. Sof raqobatdan sira cho'chimayman. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Agarda murabbiylar ishonch bildirishsa, uni oqlashga xarakat qilaman.



- Xurshid Xodjaev va Akmal Tursunboev haqida fikringiz qanday?

- Har ikki darvozabonning ham kelajagi porloq degan bo'lardim. Ular bilan birga mashg'ulotda ishlash menga yoqmoqda. Bir-birimizni xurmat qilamiz va yordam beramiz. Muhimi ahillik bor.

- Yig'in davomida murabbiylar sizga qanchalik ishonch bildirishmoqda?

- Yomon emas. Malum sabablarga ko'ra, nazorat o'yinlarida ishtirok eta olmadim. Nima uchun? Keling bunisi sir bo'la qolsin. Bu xolat menga sira tasir o'tkazayotgani yo'q. Aksincha o'z ustimda yanada ko'proq ishlashga undamoqda.

- Nima uchun aynan darvozabonlikni tanlagansiz?

- CHunki yoshligimda menga ushbu poziciyada o'ynash yoqardi. SHuning  uchun darvoza turishni maqul topganman.

- Qaysi posbonlarning o'yiniga xavas qilasiz?

- Evropadan Iker Kasilyasning xarakatlarini diqqat bilan kuzataman. O'zimizdan esa Ignatiy Nesterovning o'yiniga xurmatim baland.   

- Suhbatimiz so'nggida futboldagi birinchi ustozingizni eslab o'tsak, maqsadga muvofiq bo'lardi.

- Albatta. Birinchi murabbiyim Ergash aka Tursunov bo'ladi. U kishidan juda ham minnatdorman. SHu darajaga chiqishimda katta hissa qo'shdi. Ergash akani qo'li ostida avvaliga shahardagi 27-maktabda va keyinchalik “Yoshlik” stadionida shug'ullanganman.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика