So’nggi yangiliklar

11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  0 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  0 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  6 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  6 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   0 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  5 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  6 07:50Акмал Мозговой: "Рақибимизнинг кучли ва кучсиз тарафларини ўрганиб чиқдик"   1 07:24Митрович Осиёнинг бошқа жамоасига ўтмоқда  5 00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  4 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  35 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  3 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1

Davron Hoshimov: “Yaqin kunlarda “Paxtakor” tarixida bo'lmagan narsalar ro'y bersa kerak” Yangiliklar

Davron Hoshimov: “Yaqin kunlarda “Paxtakor” tarixida bo'lmagan narsalar ro'y bersa kerak”

Kecha oliy liganing 17-turidan o'rin olgan Toshkent derbisida “Obod” – “Paxtakor” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvda “sherlar”ning qo'li baland keldi 4:1. Qiziqarli kechgan bahsdan so'ng “Paxtakor” klubi himoyachisi Davron Hoshimov savollarimizga javob berdi.

-  “Obod” jamoasiga qarshi uchrashuvga qay darajada tayyorgarlik ko'rdinglar, g'alaba nimani evaziga qo'lga kiritildi?

-  “Obod” jamoasiga qarshi uchrashuvga oldindan jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. O'yin og'ir kechishini oldindan bilib turgandik. CHunki “Obod”ni yo'qotadigan hech narsasi yo'q edi. Ularda motivaciya yo'q edi. Bunday jamoalardan ko'p narsani kutsa bo'ladi. O'yin paytida bo'shashmasligimizni murabbiylarimiz bizga uqtirishdi. Hammamiz bir jamoa bo'lib g'alabani qo'lga kiritdik. Bilsangizlar og'ir o'yinlarni boshdan o'tkazdik. Murabbiylar shtabida, umuman jamoamizda katta o'zgarishlar bo'ldi. Ikkinchi davrada o'zimizga kerakli bo'lgan ochkolarni yig'ib chempionlik uchun kurash olib boramiz.

-  “Paxtakor” o'tgan yildan beri bir tekis o'ynamadi. G'alaba qozonadigan uchrashuvda mag'lubiyatlar bo'ldi ochkolar yo'qotildi. Bularga nima sabab bo'ldi?

-  To'g'ri aytib o'tdingiz “Paxtakor” anchadan beri bir tekis o'yin o'tkaza olmayapti. CHunki bizda yo'qotishlar ko'p bo'ldi. futbolchilarimiz jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqishdi. SHundan so'ng jamoadoshlarim tushkunlikka tushib qolishdi. Mag'lubiyatga uchrayverganimizdan so'ng o'zimizga bo'lgan ishonch yo'qolib qoldi. Birinchi davra tugash arafasida o'zimizni qo'lga olib faqat g'alaba haqida o'yladik. SHunga yarasha ochko jamg'arishni boshladik.


-  Ikkinchi davrada super “Paxtakor”ni ko'rishimiz mumkinmi?

-  Meni fikrimcha “Paxtakor” tarixida bo'lmagan narsalar ro'y bersa kerak. Bizni bilishimizcha tajribali, taniqli futbolchilar, taniqli murabbiylar jamoaga jalb qilindi. Juda ham katta o'zgarishlar bo'lmoqda. “Paxtakor” markaziy stadioni rekonstrukciya qilinadi. Oldimizga katta vazifalar qo'yilgan. Ikkinchi davrada muxlislarimizni xursand qilamiz.

-  Bir necha tur oldin klubga tajribali yangi bosh murabbiy kelishi malum bo'lib ulgurgandi. Jamoa rahbariyati sizlarga yangi murabbiyga  o'zlaringizni ko'rsatsangiz jamoada qolishlaringni aks holda klub bilan hayrlashishingizni aytishganmidi?

-  Albatta, bizni oldimizga shunday vazifa qo'yilgan edi. “Obod” jamoasiga qarshi uchrashuv biz uchun ham yangi murabbiylar uchun ham ko'rik vazifasini bajardi. Ikkita uchrashuvdan beri yangi murabbiy barcha futbolchilarni kuzatib o'tiribdi. Kim jamoada qolishi yoki qolmasligi 5-6 kunda oydinlashadi. SHu bilan bizga qisqa muddatli tatil berildi va jamoa keyingi oydan yig'iladi. SHunda kim jamoada qolsa ikkinchi davrani “Paxtakor” o'sha futbolchilar bilan boshlaydi.

-  Ikkinchi davra oldidan Turkiyada yig'in o'tkaziladi. Ushbu yig'in paytida o'rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilganmi?

-  20 iyul kuni Turkiyaga uchib ketamiz. U erda yig'in o'tkazishimiz rejalashtirib qo'yilgan. 30  iyul Toshkentga qaytib kelamiz. Xorijda 10 kun yig'in o'tkazar ekanmiz. U erda o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan. Turkiyadagi yig'in jarayonida qaysi jamoaga qarshi bahs olib borishimiz hozircha aniq emas.

-  Jamoaga Gollandiyadan legioner futbolchi kelayotgan emish. Bu qaysi futbolchi bo'lishi mumkin?

-  Bu haqida hech narsa bilmayman.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: -59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика