So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Davron Hoshimov: "Paxtakor" safida o'ynayotganimdan xursandman" Yangiliklar

Davron Hoshimov: "Paxtakor" safida o'ynayotganimdan xursandman"

Jamoamiz himoyachisi Davron Hoshimov mavsumni yaxshi o'tkazib, chempionlikni qo'lga kiritishga munosib hissa qo'shdi.
Davron chempionlik mavsumiga bag'ishlangan savollarga javob berdi.

- Mavsumga qanday baho bergan bo'lardingiz?
- Ijobiy. CHunki biz oliy ligada g'olib chiqdik. Mavsum boshlanishidan avval jamoa bilan kelishgan holda muxlislarni xursand qiladigan natijaga erishishni istagandik. Yakunda buning uddasidan chiqdik. O'ylashimcha, namoyish etgan o'yinimiz va erishgan natijalarimiz muxlislarimizga maqul keldi. Har bir o'yinda chiroyli futbol ko'rsatishga harakat qildik. CHempion bo'lish hech qachon oson bo'lmaydi. Buning uchun yil davomida mehnat qilish kerak.

- "Paxtakor" mavsumni mag'lubiyatsiz yakunladi. Buning asosiy sababi nimada?

- Bunga raqiblarni uchrashuvdan oldin juda yaxshi o'rganganimiz va o'yin davomida turli o'zgarishlar qila olganimiz sabab bo'ldi. Masalan, "Lokomotiv" bilan ikkinchi davradagi bahsga bir hafta davomida jiddiy tayyorlandik. Raqibning kuchli va kuchsiz taraflarini o'rgandik. O'zimizni ruhiy tarafdan izdan chiqarishga urinishlarga etibor qilmasligimizni murabbiylar takidlab o'tishdi. Natijada hal qiluvchi o'yinda mezbonlarni 3:1 hisobida dog'da qoldirdik. Bazida murabbiylar uchrashuv mobaynida zarur o'zgarishlarni amalga oshirishdi. SHuningdek, mashg'ulotlarda yaxshi ishladik. Bu esa o'yinlarda bizga qo'l keldi. Qiyin holatlardan chiqib ketishda jamoaviy ahilligimiz yordam bergan holatlar uchradi.

- Jamoada bu yil xarakter paydo bo'ldi deb o'ylaysizmi?
- Ha, o'tgan yili shu jihat bizga etishmay qolgandi. Bu mavsumda esa qiyin kechayotgan bellashuvlarda ham bir-birimizni qo'llab-quvvatladik. Tajribamiz oshdi. O'tgan yili tajribaning etarlicha emasligi bizga qimmatga tushgandi. O'zimizga kerakli xulosalarni chiqarib, oldingi xatolarga yo'l qo'ymadik.

- Eng qiyin uchrashuv sifatida qaysi bahsni takidlab o'tasiz?
- Birinchi o'rinda oxirgi turda "Bunyodkor" bilan o'tgan bellashuvni. CHempion bo'lib ulgurganimiz uchun o'yinga kirishib ketishimiz oson kechmadi. Raqib 2:0 hisobida oldinga chiqib olganda ruhimizni tushirmadik va so'nggi daqiqalarda g'alabani tortib oldik. O'sha kuni men uchun mavsumdagi eng qiyin o'yin bo'ldi. Jamoadoshlarim Namangandagi o'yin haqida gapirishgandi, biroq men u erda diskvalifikaciya sababli o'ynamagandim.

- "Paxtakor"dan qaysi futbolchilar ushbu mavsumda o'sishga erishishdi?
- Jamoadoshlarimdan Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev va Aleksandr Merzlyakovni takidlab o'tgan bo'lardim. Jamshid va Igor tajribaga ega bo'lishi bilan o'yinchilari kuchayib bormoqda. Sasha esa jamoaga to'liq kirishib ketdi.

- Keyingi yilda oldingizga qanday maqsadlar qo'ygansiz?
- "Paxtakor" bilan oliy liga, O'zbekiston Kubogi va CHempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashish. CHempionlar ligasida ijobiy natijaga erishishni barchamiz xohlayapmiz. Muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz. Yana shuni takidlashni istaymanki, sevimli jamoam safida o'ynayotganimdan juda baxtiyorman!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика