So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

Davron Hoshimov: “O'ylashimcha, adolatli hisob qayd etildi” Yangiliklar

Davron Hoshimov: “O'ylashimcha, adolatli hisob qayd etildi”

Superliganing 23-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachisi Davron Hoshimovning fikrlariga quloq tutdik.

Aytish kerakki, Hoshimov uchrashuvning so'nggi daqiqalarida ikkirnchi sariq kartochkasini olib, maydonni barvaqt tark etdi.

- “Mashal”ga qarshi o'yindan keyindan olgan taassurotlaringiz qanday?


“Juda qiyin o'yin bo'ldi. CHunki “Mashal” turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqqan holda bizga etarlicha qarshilik ko'rsatarishini taxmin qilgandik. Muborakdagi bahsda g'alaba qozonib, turnir jadvalidagholatini yaxshilab olishni rejalashtirgandi. Biz ham g'alaba uchun borgandik. O'ylashimcha, durang adolatli hisob bo'ldi.

- Sizningcha, “Navbahor”ning g'alaba qozona olmaganiga nima sabab bo'ldi?


“Yuqorida aytganimdek, Muborakga g'alaba qozonishni maqsad qilgan holda tashrif buyurgandik. O'z navbatida “Mashal” himoyada besh kishi bo'lib harakat qildi. Qolaversa, juda tartibli o'yin ko'rsatdi. Joriy mavsumda “Navbahor” mehmondagi bahslarda g'alaba qozonishi qiyin bo'lmoqda. SHu tomonlari bizning g'alaba qozona olmaganimizga sabab bo'ldi.




- So'nggi daqiqalarda maydonni barvaqt tark etdingiz. O'sha vaziyatda nima bo'ldi?


“Maydondan chetlatilgan vaziyat borasida gapirsam, o'sha vaqtda raqib hujumini to'xtatib qoldim. Bo'lmasam, vaziyat jiddiy tus olishi mumkin edi. Gol o'tkazib yubormaslik uchun ham raqibga nisbatan qo'polroq harakat qildim.

- Jamoangiz o'z oldiga qo'ygan vazifasini bajara oldimi?


“Navbahor” mavsum boshida yuqori o'rinlarning birini qo'lga kiritish va xalqaro maydonga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgandi. Afsuski, natijalarimizda ijobiylik etishmagani tufayli keragidan ko'p ochkolarni qo'ldan chiqardik. Endilikdagi maqsadimiz oldimizda turgan uchta bahsda g'alaba qozonishimiz va muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика