So’nggi yangiliklar

23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  1 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  1 22:00РПЛ. "Акрон" ва Эсанов "Ахмат" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  1 22:00Ла Лига. "Атлетико" Бильбаода "Атлетик" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  5 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  53 21:45РПЛ. "Спартак" ўз уйида Раҳмоналиев ва Ашурматов ҳаракат қилаётган "Рубин"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  1 21:30АПЛ. "Вест Хэм" Лондонда "Ман Сити"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  6 21:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ва Алиқулов ўз майдонида "Қосимпошо"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  2 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  2 19:00АПЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, Деклан Райс фаолиятида биринчи маротаба қизил карточка олди  4 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  9 18:36АПЛнинг 5та баҳси учун таркиблар билан танишинг  1 18:29АПЛ. Қизил карточка "Арсенал"га қимматга тушди ва Лондон клуби жорий мавсумдаги дастлабки очколарини йўқотди  13 18:17"Бухоро" ва "Хоразм" клублари, клуб расмийлари иши Тартиб-интизом қўмитасига оширилди  4

Davron Fayzievning O'zbekiston vakillaridan tuzgan "Orzular terma jamoasi" (1-sonning davomi) Yangiliklar

Davron Fayzievning O'zbekiston vakillaridan tuzgan "Orzular terma jamoasi" (1-sonning davomi)

Championat.asia sayti orqali yangi loyiha boshlangani haqida xabar bergandik.

Uning ilk soni taniqli sport jurnalisti, mahoratli futbol sharxlovchisi hamda hozirda O'FA Matbuot va media departamenti direktori sifatida faoliyat olib borayotgan Davron Fayzievning fikr-mulohazalari asosida tayyorlandi.

Avvalroq, Davron Fayzievning jahon terma jamoasini etiboringizga xavola etgandik. Endi esa uning talqiniga ko'ra O'zbekiston vakillaridan tuzilgan “Orzular terma jamoasi” bilan tanishib chiqamiz.

Eslatib o'tamiz, “Orzular terma jamoasi” – 11 nafar asosiy tarkib o'yinchisi, 5 zaxira azosi hamda bir mutaxassisdan tashkil topadi. O'zbekiston termasi esa 1992-yildan to hozirgi vaqtga qadar faoliyat olib borgan va borayotgan futbolchi hamda murabbiylardan iborat bo'ladi.  

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston)

Sxema: 4-3-3

Darvozabon – Pavel Bugalo;
Himoyachilar – Fevzi Davletov, Farxod Magometov, Andrey Fyodorov, Nikolay SHirshov;
Yarim himoyachilar – Odil Ahmedov, Mirjalol Qosimov, Server Jeparov;
Hujumchilar – Igor SHkvirin, Oleg SHackix, Jafar Irismetov.

Murabbiy: Mahmud Rahimov

Zaxiradagilar: Yuri SHeykin, Vitaliy Denisov, Timur Kapadze, Maksim SHackix, Azamat Abduraimov.

Darvozabon:

Pavel Bugalo (45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1995-2007 yillar oralig'ida milliy jamoa darvozasini (40 o'yinda) himoya qilgan. Ikki bora (1996, 1997) O'zbekistonda yil futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. 


Himoyachilar:
Fevzi Davletov (47 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1994-2005 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 52 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni. 

Farxod Magometov (57 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-1996 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 20 bahsda maydonga tushgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni. 

Andrey Fyodorov (48 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1994-2006 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 65 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni.

Nikolay SHirshov (45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1996-2005 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 63 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 bora ishg'ol etgan. 


Yarim himoyachilar:

Odil Ahmedov (31 yosh) – Xitoyning “SHanxay SIPG” jamoasi azosi. 2007-yil bosh jamoa safida debyut uchrashuvini o'tkazgan va hozirga qadar faoliyatini davom ettirmoqda. Terma libosida 102 o'yinda ishtirok etib, 20ta gol kiritgan. 6 karra (rekord: 2009, 2011, 2014, 2015, 2016, 2018) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan. 

Mirjalol Qosimov (49 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-2005 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 67 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 31 bora ishg'ol etgan. 4 karra (1993, 1998, 2001, 2004) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni.
Server Jeparov (37 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2017 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 128 bahsda (rekord) maydonga tushib, raqiblar darvozasini 25 bora ishg'ol etgan. Ikki marta Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. SHuningdek, 2 bora O'zbekistonda yil futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.


Hujumchilar:

Igor SHkvirin (56 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-2000 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 31 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni bo'lgan va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan.
Oleg SHackix (45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1996-1997 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 11 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 9 bora ishg'ol etgan. Termada ketma-ket (6 o'yinda 8ta) gol urish bo'yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. O'zbekistonning 1995-yildagi eng yaxshi futbolchisi. 

Jafar Irismetov (43 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1997-2007 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 36 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 15 bora ishg'ol etgan. Bir mavsumdagi gollar soni bo'yicha O'zbekiston chempionatining eng yaxshi to'purari. 


Murabbiy:

Mahmud Rahimov (44 yoshida olamdan ko'z yumgan) – 1999 yil O'zbekiston MTJ bosh murabbiy lavozimiga tayinlangan. Uning boshqaruvida terma jamoa Osiyo chempionati-2000 saralash bahslarini 100 foizlik natija bilan yakunlagan holda guruhdagi asosiy raqib BAAni ortda qoldirib, qita birinchiligiga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Biroq, Rahimov o'sha yili baxtsiz hodisa, yani, avtofalokat tufayli vafot etgan. Bosh jamoa Rahimov qo'l ostida FIFA reytingida 79-o'rinda 55-pog'onagacha ko'tarilishga erishgan. Mahmud Rahimov vafotidan keyin 1999-yil OFK tomonidan qitaning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo'lgan. SHuni qo'shimcha qilish joizki, O'zbekiston MTJ Rahimov boshqaruvida 6 o'yin o'tkazib, ularning barchasida zafar qozongandi.


Zaxiradagilar:

Yuri SHeykin (darvozabon, 47 yoshida olamdan ko'z yumgan) – 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni. Terma jamoa safida 7ta o'yin o'tkazgan.

Vitaliy Denisov (himoyachi, 32 yosh) – Rossiyaning “Rubin” jamoasi azosi. 2006-yil bosh jamoa safida debyut uchrashuvini o'tkazgan. Hozircha terma libosida oxirgi o'yini 2018-yilning sentyabrida Eronga qarshi o'rtoqlik bahsiga (0:1) to'g'ri keladi. Umuman olganda esa Denisov termada 72 o'yinda qatnashib, raqiblar darvozasini bir bora ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan. 2013-yil O'zbekistonda yil futbolchisi deya tan olingan. 

Timur Kapadze (yarim himoyachi, 38 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2015 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 119 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 10 bora ishg'ol etgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.

Maksim SHackix (hujumchi, 41 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1999-2014 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 61 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 34 bora (rekord) ishg'ol etgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.
Azamat Abduraimov (hujumchi, 53 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-1997 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 22 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni.

P.S. Loyiha haqida fikrlaringizni yozib qoldiring va uning keyingi soni kimga atalashini xohlar edingiz?


Davron Fayzievning "Orzular terma jamoasi" (jahon)

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика