So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  5 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Davron Fayziev: "Uchinchi golda offsayd borga o'xshadi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Uchinchi golda offsayd borga o'xshadi"

Oliy liganing 12-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Davron Fayziev ishtirok etdi.


- SHu fursatdan foydalanib, butun xalqimizni kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan tabriklayman. Bugungi o'yin shu ramazon oyidan oldin to'g'ri keldi. Uchrashuv juda asabiy o'tdi. Muxlislarbop, kurashlarga boy o'yin guvohiga aylandik. Futbolda hamma xato qiladi. Birinchi navbatda aybni o'zimdan qidirishni boshladim.

"Paxtakor"dek jamoaga ikkita to'p kiritib mag'lubiyatga uchratish yoki ulardan ochko uchun  kamlik qiladi. Futbolchilar ikkinchi goldan keyin xotirjamlikka berilishdi. Bu holatlar bo'yicha futbolchilar bilan ertaga bemalol gaplashib olamiz. O'yinni to'liq tahlil qilib chiqamiz.

Hakamlar xonasiga kirishga oshiqdim? Meni ko'rishim bo'yicha, uchinchi golda yon hakam ozgina xatolikka yo'l qo'ydi. Gol bo'lgan vaziyatda Sergeev va Oraxovacda o'yindan tashqari holati bor edi, chamamda. Buni aniq aytolmayman, lekin bizning operator olgan tasvir bo'yicha ko'proq offsaydga o'xshadi. Balki adashayotgandirman. O'yindan keyin barchada qizishish bo'ladi, ehtiroslar jo'mbushga keladi. Buni batafsil ko'rgandan keyin bilib olamiz. Men hakamlarni ayblamoqchi emasman.

Jamoamiz bu yil butkul yangilandi. Biz imkon qadar yaxshi, raqobatbardosh va kuchli jamoani shakllantirishga harakat qilyapmiz.

Ramazon oyida barcha kechirimli bo'ladi. Agar takroriy holatdan keyin yon hakam adashganini bilsam kechirarmidim? Bundan boshqa choram yo'q. Agar kechirmaganimda ham bir narsa o'zgararmidi? Natija o'zgaradigan bo'lsa, unda kechirmagan bo'lardim.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика