Davron Fayziev: "Superliganing super jamoasiga munosib qarshilik ko'rsata oldik"
26 apr 2019 20:47
Yangiliklar


Davron Fayziev: "Superliganing super jamoasiga munosib qarshilik ko'rsata oldik"
“Dinamo” – “Navbahor” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- “Navbahor” jamoasi bugun men qo'rqqan jihatdan foydalanib darvozamizni 2 bora ishg'ol qildi. Namanganliklarga standart vaziyatlar juda qo'l keldi. Umuman olganda Superliganing super jamoasiga munosib qarshilik ko'rsata oldik, deb o'ylayman. Bugun jamoamiz 1 ochko ishladimi yoki 2 ochko yo'qotdimi degan savolga javob berishni esa muxlislarga qoldirgan bo'lar edim.
Bugun stadionga kelgan ishqibozlar afsuslanmaydigan o'yin bo'ldi, fikrimcha. Bugun maydonda jangovar tarzda harakat qilgan shogirdlarim bilan esa faxrlanaman, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
21:15
O'zbekiston kubogi. "Surxon" o'z maydonida "Dinamo"ga mag'lub bo'ldi, "Andijon" guruhda qolib ketdi 23

Fikrlar