So’nggi yangiliklar

10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  0 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  2 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  3 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  6 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  12 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  1 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  2 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  25 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  9 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  4 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  10

Davron Fayziev: "SHunday penaltini belgilab futbolni rivojlantiramiz desak, unda bilmadim..." Yangiliklar

Davron Fayziev: "SHunday penaltini belgilab futbolni rivojlantiramiz desak, unda bilmadim..."

"Andijon" - "So'g'diyona" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.

"Andijon"ni g'alaba bilan tabriklayman. Baxtiyor Ashurmatov jamoada katta ko'lamdagi ishni bajargani ko'rinib turibdi. Bugungi birinchi va uchinchi gollariga etirozim bor. Bularni videoda ko'rib chiqishim kerak. Agar mana shunday penaltini belgilab futbolni rivojlantiramiz desak unda bilmadim qanday o'ynash kerak? Yutqazib turib bahona qilmoqchi emasman. Ko'rdingiz 10 kishi bo'lib ham raqibdan qolishmadik. Futbolda mag'lubiyatlar ham uchrab turadi, lekin bunday mag'lub bo'lish alamli. Kurashda davom etamiz, "Navbahor", "Lokomotiv" va "Neftchi"ga qarshi o'yinlardan so'ng hurmat qila boshlashdi. Balki yigitlarimiz "osmonga chiqib ketishgandir", - deydi Fayziev.

"Ikkinchi golda o'zimiz xato qildik, uchinchi golda esa o'yindan tashqari holat bor edi menimcha. Penalti bo'lmaganida o'yin natijasi boshqacha bo'lishi mumkin edi. SHunday penaltini "Andijon" darvozasiga belgilasa qanday bo'lishini o'ylab ko'rish kerak. O'tgan yil ham Andijondagi o'yinda aynan shu hakam ishlagandi... Bu bahona emas".

"Akmal Xolmurodov uchinchi marta qizil kartochka oldi? O'tgan ikkita o'yinda qizil kartochkani haqli tarzda olgandi. Lekin bugungi o'yinda raqib futbolchisi Akmal Xolmurodovning chig'iga tegdi va himoyachimiz o'zini bosa olmadi. O'tgan yil "Neftchi" bilan o'yinda xuddi shunday holatda raqib futbolchisi Akmal qilganidek bizni o'yinchini turtib yuborganida sariq kartochka berilgandi. Bugun esa qizil berdi".

"Hakamlarga tanaffusdan oldin nima dedim? Ozgina vijdonan boshqaringlar dedim. Temur Hakimov "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan oldin jarohat olgandi. SHu bois hozircha asosiy tarkibda tushishga tayyor emas", - deydi Davron Fayziev. 

"So'g'diyona" matbuot xizmati

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика