Davron Fayziev: "O'yin taqdirini bitta gol hal qilishini oldindan sezgandim"
08 apr 2017 09:48
Yangiliklar
Davron Fayziev: "O'yin taqdirini bitta gol hal qilishini oldindan sezgandim"
Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Obod" uchrashuvidan so'ng (1:0) mezbonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
Davron Fayziev ("So'g'diyona" jamoasi bosh murabbiyi): - O'yin taqdirini bitta gol hal qilishini oldindan sezgandim. Buni futbolchilarga ham uqtirgandim. Yigitlarga bitta vaziyat bo'ladi, shundan foydalanish kerak, deya ko'rsatma bergandim. Xudoga shukr, omad biz tarafda bo'ldi. Uyda devorlar ham yordam beradi, degan gap bor. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bizga dalda bo'ldi. So'nggi daqiqagacha harakat qildik. "Obod" jamoasi ayniqsa, ikkinchi bo'limda jiddiy qarshilik ko'rsatdi.
"So'g'diyona" matbuot xizmati
Fikrlar