Davron Fayziev: "Nasaf"ga qarshi himoyaga yotib olgan holda o'ynamadik"
21 okt 2015 18:17
Yangiliklar
Davron Fayziev: "Nasaf"ga qarshi himoyaga yotib olgan holda o'ynamadik"
"So'g'diyona" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev ishtirok etdi.
- O'yin juda qiziqarli va hujumkor kechdi. Biz "Nasaf"ga qarshi himoyaga yotib olgan holda o'ynamadik. Bugungi o'yinni tariflab bo'lmaydi. Agarda bunday bo'lganida, unday bo'lganida deyish noo'rin. Agarda yaratilgan vaziyatlardan foydalana olganimizda hisob hokkeycha ko'rinish olardi. Biz "Nasaf"ga kutilmagan "sovg'a" tayyorlagandik. Biroq buni amalga oshirish qo'limizdan kelmadi. Har bir o'yinda ko'plab qulay vaziyatlarni vujudga keltirmoqdamiz. Biroq ulardan samarali foydalanishda oqsamoqdamiz. Biz grandlar bilan himoyaviy emas, ochiq futbol namoyish etmoqdamiz. Lekin bu safar ham rejalarimiz o'xshamadi, - deydi Fayziev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar