So’nggi yangiliklar

22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  2 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2

Davron Fayziev: "Mourinyu joyiga keldi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Mourinyu joyiga keldi"

Taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziev Joze Mourinyuning "Tottenxem" bosh murabbiyi bo'lganiga munosabat bildirdi.

"Hayotda shunday tushunarsiz vaziyatlar bo'lib turar ekan. "Tottenxem" Angliyada top-to'rtlikdan tashqaridagi kuchli o'rtamiyonadan top-oltilikning stabil azosigacha bo'lgan yo'lni Maurisio Pochettino bilan birga bosib o'tdi. CHempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashuvchi poziciyasidan shu turnir finalchisi darajasiga etdi.

"Tottenxem" top-6 ichida byudjeti kamrog'i, lekin to'rtinchi o'rindan pastga tushmasdi. Stadion qurilayotganda transferga mablag' ajratilmadi umuman. "SHporlar" yoqimli futbol namoyish etib kelishdi, yani - biz kuchsizmiz deb ikkinchi raqam bo'lib o'ynashni odat qilishmadi. Pochettino barqaror o'sishga erishayotgan kouch. Uni bo'shatish fikri Levida qaerdan paydo bo'ldi? Omadsiz startmi? Balki. Lekin, real olib qaraganda bu mavsum "Liverpul" va "ManSiti"ga bas kelish qiyinligini hamma tushunyapti.

"Tottenxem"ga Joze Mourinyu murabbiy bo'ldi. Bundan hulosa - klub imkoniyatlari kengayadi. Pochettino bor imkoniyatdan maksimal foydalanardi. Mourinyu esa talabni katta qo'yadi. Talabga yarasha titullar ham yuta oladi. TOP murabbiy! Maurisioga esa bir narsa etishmadi - titul. Faqat bitta tomoni menga yoqmadi, og'ir davrda jamoani tortgan Pochettinoga nisbatan etarlicha xurmat ko'rsatilmagani. SHuni hisobga olmasa, qolgani yaxshi. Pochettino "Tottenxem"dan kam bo'lmagan jamoada ishlasa kerak.

Mourinyu joyiga keldi, qadriyatlar hali o'yin uslubigacha tasir qiladigan darajada ildiz otmagan, yutuqlarga to'ymagan klub. Yo'nalishni o'zi belgilaydi. Uchinchi tomon - klubning o'zi. Uning foyda zararini esa vaqt ko'rsatadi.

Maur ketdi
Maur keldi", - deb yozadi Davron Fayziev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика