So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

Davron Fayziev: "Hozir g'alabadan shodlanib o'tiradigan vaqt emas" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Hozir g'alabadan shodlanib o'tiradigan vaqt emas"

Pro-Liga 22-turidan o'rin olgan “Istiqlol”- “Dinamo” (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Avvalambor, butun O'zbekiston ahlini, barcha futbol muxlislarini Qurbon hayit bayrami bilan tabriklayman. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi, mana shunday bayram kunlarida futbol o'ynaganligimizdan ranjiganimiz yo'q, sababi yuqorida aytdim, muxlislar kelib, uchrashuvni kuzatib, hordiq chiqarib ketishi qaysidir manoda bizni xursand qiladi. Bugungi o'yin muxlislarga manzur bo'ldi deb o'ylayman, chunki butun uchrashuv davomida goh “Istiqlol”, goh “Dinamo” hujum qildi. Har ikki jamoa ham bugun faqat va faqat g'alaba uchun maydonda borini berib harakat qildi. Agar birinchi bo'limda bizda yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalanganimizda, biz uchun bu uchrashuv ancha oson o'tgan bo'lardi. Ikkinchi bo'limda esa “Istiqlol” jamoasida ikki marta juda qulay imkoniyat yuzaga keldi, foydalana olishmadi, omad bizga kulib boqdi, futbolda omadning o'rni juda muhim ahamiyat kasb etadi. Kiritilgan golda raqib darvozabonini ayblash noto'g'ri, futbolda hamma ham xato qiladi.

Biz o'z oldimizga qo'yilgan vazifa sari intilayapmiz, harakat qilayapmiz. Jamoani dastlab qabul qilib olganimda ham aytganmanman, Superligaga chiqish uchun nazariy jihatdan imkoniyatimiz bormi, oxirigacha kurashamiz. Hali oldinda 13 ta tur bor, bugungi o'yinni unutib, keyingi uchrashuvga yanada jiddiyroq tayyorlanishimiz kerak, ayni damda Pro-Ligada tig'iz taqvim yuzaga kelgan, g'alabadan shodlanib o'tiradigan vaqt emas, darhol keyingi uchrashuv haqida o'ylash, bosh qotirish kerak. Qiziqarli uchrashuvlar hali oldinda, samarqandlik muxlislarga bugungi uchrashuvda g'alaba qozonib, hayit bayramiga sovg'a qildik. Barchamizga yana bir bor Qurbon hayit ayyomi muborak bo'lsin!        


Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика